“Bu haftada ham muhim tadbirlarimiz köp. Xususan, texnik jihatdan tartibga soliş, standartlaştiriş, sertifikatlaş va metrologiya tizimini takomillaştiriş yuzasidan taqdimot, şuningdek, soğliqni saqlaş sohasidagi islohotlarning samaradorligini oşiriş hamda raqamlaştiriş jarayonlarini jadallaştiriş yuzasidan videoselektor hamda köp kvartirali uy-joylarga xizmat körsatiş tizimini takomillaştiriş çora-tadbirlari böyiça yiğiliş rejalaştirilgan.

Davlatimiz rahbari Jahon banki prezidentining Yevropa va Markaziy Osiyo böyiça örinbosari Anna Berdeni qabul qiladi.

Şuningdek, davlatimiz rahbari Yevrosiyo oliy iqtisodiy kengaşining navbatdagi yiğilişida iştirok etadi”, dedi u.

Şerzod Asadovning ma'lum qilişiça, ayni daqiqalarda prezident Şavkat Mirziyoyev Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev bilan telefon orqali muloqot qilmoqda.

Bu tadbirlar haqida yana qöşimça xabar berilişi bildirildi.