Nodir kitoblarni asrab-avaylaş, örganiş maqsadida taşkil qilingan uşbu körgazmaga VIII asrda köçirilgan arab tilining kufiy-hijoziy xatida bitilgan va «Langar Qur'oni» nomi bilan maşhur Qur'oni Karim namunasi ham qöyildi.

Şuningdek, kufiy, muhaqqaq, nasx, nasta'liq, nasxi Buxoro, rayhoniy kabi xatlarda hattotlar tomonidan turli davrlarda köçirilgan Qur'on nusxalari ham joy oldi. Eksponatlar orasida uzoq safarlarda olib yuriş uçun qulay çöntakbop kitoblarni ham uçratiş mumkin.

Istambul, Qozon va Tehronda çop etilgan Qur'onlar bilan birga bu tabarruk kitobning ilk marta G.Sablukov tomonidan rus tiliga köçirilgan nusxasi, şuningdek, hattotlar foydalangan buyumlar ham körgazmada namoyiş etildi.