Riştonda 2008 yildan buyon farzandiga aliment pullarini tölamasdan kelgan otaga sud hukmi öqildi, deya xabar bermoqda MIB axborot xizmati.
Ma'lum qilinişiça, joriy yilning 7 may kuni jinoyat işlari böyiça Rişton tuman sudida Özbekiston Respublikasi JKning 122-moddasi 1-qismi bilan fuqaro O.B.ni ayblaş haqidagi jinoyat işi sayyor sud majlisida körib çiqilgan.
Sud jarayonida O.B. bir nafar farzandi moddiy ta'minoti uçun 2008 yildan, ya'ni 13 yildan ortiq vaqt mobaynida 40 mln sömdan ortiq aliment pulini tölaşdan boş tortib kelgani jamoatçilikning qattiq tanqidiga sabab bölgani ta'kidlangan.
Qarzdor ota sud zalida aliment pulini tölamasligini ma'lum qilgaç, undiruvçi M.U. sudlanuvçiga qonuniy jazo berişni söragan. Şunga köra, sud O.B.ga nisbatan JKning 122-moddasi 1-qismi bilan 9 oy muddatga ozodlikdan mahrum etiş jazosini tayinlagan.
Şuningdek, sayyor sudda 10 nafar aliment tölaşdan boş tortgan qarzdorga nisbatan MJtKning 47-4-moddasiga asosan ma'muriy iş materiallari ham körib çiqilib, 6 nafar otaga nisbatan 15 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlangan, 2 nafar qarzdor aliment pulini töliq tölagani sababli javobgarlikdan ozod qilingan, 2 nafariga nisbatan 10 kun qöşimça muddat belgilangan.
Avvalroq, Farğonada 24 marta qoida buzgan haydovçi qariyb 28 mln söm jarima tölagani haqida xabar berilgan edi.











