Buxoro şahar ma'muriy sudi obnal işi böyiça ikkita işda Buxoro şahar soliq organining tadbirkorga nisbatan xatti-harakatini ğayriqonuniy deb topgan. Bu haqda tadbirkorlarning soliq maslahatçisi Olimjon Zaripov Kun.uz'ga ma'lum qildi.

«Obnal işi böyiça sudning hal qiluv qarori 11 may kuni e'lon qilindi. Ikkita işda tadbirkor zimmasiga yuklatilgan soliq summasi bekor qilinib, soliq organining xatti-harakati noqonuniy deb topildi.

Da'vo predmetimiz Buxoro viloyat davlat soliq boşqarmasining tadbirkor(lar)ga nisbatan xatti-harakatini noqonuniy deb topiş böyiça edi. Sudlar davom etmoqda, navbatdagi işlar adliya organlarining da'volari böyiça köriladi», – dedi u Kun.uz bilan suhbatda.

Birinçi holatda viloyat soliq boşqarmasi tadbirkorni gumonlar asosida şubhali korxonalar bilan hamkorlik qilgan, deb topib, uning zimmasiga 39 842 277 sömlik qöşimça qiymat soliğini yuklagan. Ikkinçi işda esa soliq boşqarmasi boşqa bir tadbirkorning zimmasiga 124 272 118 söm QQS böyiça qarzdorlik yuzaga keltirgan.

Soliq organining xatti-harakati quyidagi asoslarga köra noqonuniy deb topilgan:

  • Soliq kodeksining 266-moddasiga muvofiq, agar hisobga oliş huquqi tovarni (xizmatlarni) oliş böyiça qalbaki yoki közböyamaçilik uçun tuzilgan bitim natijasida vujudga kelganiga oid dalillar mavjud bölsa, soliq organlari hisobga olişni bekor qilişni va unga tuzatişni amalga oşirişga haqli;
  • Mazkur kodeks (266-moddasining 14-qismi)ga binoan, uşbu moddada körsatilgan huquqni suiiste'mol qiliş, bitim qalbakiligi (közböyamaçilik uçun tuzilgani) holatlarini aniqlaş, şuningdek, ularning oqibatlarini qöllaş soliq organlari tomonidan, soliq tölovçi norozi bölgan taqdirda esa, soliq organlarining da'vosi böyiça sud tomonidan amalga oşirilişi körsatilgan.

Şuningdek, Soliq kodeksi 266-moddasining 14-qismiga binoan, soliq organlari hisobga olişni bekor qilişni yoki unga tuzatiş kiritişni amalga oşirişga haqli. Lekin, uning uçun hisobga oliş huquqi tovarlarni (xizmatlarni) oliş böyiça qalbaki yoki közböyamaçilik uçun tuzilgan bitim natijasida vujudga kelganiga oid dalillar mavjud bölişi lozim.

Sud bu holatda soliq organi tadbirkor va uning kontragenti örtasidagi şartnoma böyiça sudga da'vo ariza bilan murojaat qilişi lozim va bunday harakat amalga oşirilmagan taqdirda ham, soliq organlari soliq tekşiruvlarining birini amalga oşirişi va uning natijasi böyiça qaror qabul qilişi lozim edi, degan qarorga kelib, soliq organining xatti-harakatini noqonuniy deb topgan.

Eslatib ötamiz, Davlat soliq qömitasi fevral oyida naqdlaştiruvçi firmalar bilan kuraş boşlab, 10 mingga yaqin tadbirkorlik sub'yekti zimmasiga budjetga tölanmagan 1 trillion söm QQS summasini yuklagan, bu esa rezonans keltirib çiqargandi.