Buxorodagi 900 nafar tadbirkordan «obnal ishi» bo‘yicha undiruv bekor qilinadi - Hukumat komissiyasi qarori
Sardor Umrzoqov boshchiligidagi hukumat komissiyasi 1 aprel kuni Buxoroda yig‘ilish o‘tkazgan. Kun.uz manbasiga ko‘ra, yig‘ilishda «obnal ishi» bo‘yicha viloyatdagi 907 ta tadbirkorlik sub'yekti zimmasiga yuklangan 47 milliard so‘m QQS undiruvini bekor qilish bo‘yicha qaror qabul qilingan.

1 aprel kuni bosh vazir o‘rinbosari Sardor Umrzoqov boshliq hukumat komissiyasi tadbirkorlar va eksportchilar muammolarini o‘rganish va hal qilish maqsadida Buxoro viloyatida bo‘lgan.
Komissiya tarkibidan vazirlik va idoralar, tarmoq birlashmalari, tijorat banklari rahbarlari o‘rin olgan. Komissiya yig‘ilishida viloyat hokimi Botir Zaripov ham qatnashgan.
Kun.uz manbasiga ko‘ra, Umrzoqov boshchiligidagi komissiya «obnal ishi» bo‘yicha Buxoro viloyatida faoliyat yuritadigan 907 ta tadbirkorlik sub'yekti zimmasiga yuklangan 47 milliard 133 million so‘m QQS undiruvini bekor qilish bo‘yicha qaror qabul qilgan.
«Davlat soliq qo‘mitasi (Kudbiyev) bir hafta muddatda 2020 yilda tuzilgan bitimlar orqali operatsiyalarni amalga oshirgan 578ta xo‘jalik yurituvchi sub'yektlardan tovarlarni (xizmatlarni) xarid qilgan viloyatdagi 907ta tadbirkorlik sub'yektlariga (kontragentlarga) hisoblangan 47 milliard 133 million so‘m qo‘shilgan qiymat solig‘i undiruvi natijasida tadbirkorlarda yuzaga kelgan noqulayliklarni bartaraf etish, ularning faoliyatini davom ettirishi va mavjud ish o‘rinlarini saqlab qolish maqsadida undiruvni bekor qilish bo‘yicha aniq choralar ko‘rib, Hukumat komissiyasiga axborot kiritsin», – deyiladi qarorda.
Qarorda topshiriqning so‘zsiz ijrosini Bosh prokuratura nazoratga olishi nazarda tutilgan.
Masala yuzasidan Davlat soliq qo‘mitasi izohi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Davlat soliq qo‘mitasi qariyb 15 ming korxonaga QQS summasini qayta hisoblash to‘g‘risida xabarnoma yubordi.
Avvalroq Toshkentda «obnal ishi» bo‘yicha tadbirkor va soliq organi o‘rtasida sud boshlanib, ikkinchi sud majlisi tomonlarning bahsi bilan yakunlangani xabar qilingan edi.
- Fevral oyida Davlat soliq qo‘mitasi «naqdlashtiruvchi» (obnalchi) firmalar bilan kurash boshlab, 396ta korxonani shubhali korxonalar ro‘yxatiga kiritgan edi. Natijada ular bilan hamkorlik qilgan 10 mingga yaqin tadbirkorlik sub'yektlarining hisobga olingan QQS summasi bekor qilingan.
- DSQ shubhali korxonalar bilan hamkorlik qilgan 10 mingga yaqin tadbirkorlik sub'yektlaridan budjetga to‘lanmagan 1 trillion so‘mga yaqin QQS summasi undirilishini ma'lum qilgach, tadbirkorlar e'tiroz bildira boshladi.
- 23 fevral kuni tadbirkorlar bilan uchrashgan Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev QQS summasini baribir to‘lash kerakligini aytib, buning uchun 6 oylik amnitsiya berilishini bildirdi.
- Aprel oyida 8 mingdan ortiq tadbirkorlik sub'yekti 1 mayga qadar qayta hisobot topshirsa, javobgarlikka tortilmasligi ma'lum qilindi.
- Masala atrofida muhokamalar davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Aprelda qanaqa ob-havo kutilyapti?
O‘zbekiston | 12:09 / 28.03.2025
AQShda Isroilni tanqid qilgan turk talaba qo‘lga olindi
Jahon | 22:36 / 27.03.2025
Karmanada maktab o‘quvchisi oliygohga kirish uchun muddatidan avval maksimal ballni to‘pladi
Jamiyat | 20:18 / 27.03.2025
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Rossiya neftiga ikkilamchi bojlar joriy etish bilan tahdid qildi
Jahon | 12:40
-
«Siti» kubok sari ketmoqda, «Barsa» raqiblarga dahshat solmoqda. Kun o‘yinlari
Sport | 12:09
-
Italiya Rossiyani YeI obekti ustidan dron uchirganlikda gumon qilmoqda
O‘zbekiston | 11:54
-
Ukraina «Moskva» kreyseri cho‘ktirilishida AQShning rolini rad etdi
Jahon | 11:42
Mavzuga oid

12:11 / 27.03.2025
Barcha farmatsevtika va tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalar QQS to‘lovchisiga aylanadi

10:55 / 27.03.2025
Davlat zaxirasidagi 2 gektar yerni 100 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

10:56 / 18.03.2025
QQS summasi o‘rnini qoplash tartibiga o‘zgartirish kiritildi

23:33 / 06.03.2025