Yaqinda, 2020 yilda Özbekistonda eng köp zarar va foyda körgan korxonalar röyxati e'lon qilindi. Röyxatda «Özbekkömir» AJ yilni 182 mlrd söm zarar bilan yakunlagani keltirilgan. Kun.uz mazkur holat sabablariga aniqlik kiritiş maqsadida Energetika vazirligi bilan boğlandi.

Vazirlikning ma'lum qilişiça, ötgan yili korxonaning 18 mln dollar miqdorida zarar körişiga ikkita asosiy sabab mavjud. 

«Birinçidan, 2020 yilning 1 yanvar holatiga köra, valuta kreditlari böyiça asosiy qarz qoldiği 92,3 million AQŞ dollarini taşkil qilgan. Dollar kursi oşişi natijasida 2021 yilning 1 yanvar holatiga köra, 102,2 milliard miqdorida kurs böyiça farq yuzaga keldi.

Ikkinçidan, koronavirus pandemiyasi sababli 2020 yilning I yarim yilligida sanoat korxonalari tomonidan elektr energiyasi iste'moli keskin pasayib ketişi kuzatildi. Buning natijasida issiqlik elektr stansiyalari, xususan, «Yangi Angren IES» va «Angren IES» AJ tomonidan kömirga bölgan ehtiyoj keskin pasayib ketdi.

Natijada prognoz qilingan 4,3 million tonna atrofidagi mahsulotni sotiş böyiça reja bajarilmagan. Amalda 3,9 million tonna mahsulot sotilgan va şuning uçun 81,6 milliard söm miqdorida foyda olinmay qolgan», deyiladi manba xabarida.

«Yangi Angren IES» va «Angren IES» AJ korxonalaridagi işlab çiqarişda kömir muhim örin tutadi. Ularda kömirga bölgan talabning pasayişi uşbu mahsulotni işlab çiqariş hajmiga keskin ta'sir qilişi mumkin.

Ma'lumot uçun, «Özbekkömir» AJ tomonidan 2021 yilning 1-çoragida kömir qazib oliş 1 million 351 ming 700 tonnani taşkil qildi. Ötgan 4 oy davomida iste'molçilarga 1 million 655 ming tonna kömir yetkazib berilgan.