Ellikqal'a tumanida joylaşgan «Katta qirqqiz qal'a»da arxeologik yodgorlik topildi. Bu haqda Özbekiston Fanlar akademiyasi axborot xizmati xabar berdi.

Xabarga köra, may oyida Janubiy Orolböyi Özbekiston–Rossiya kompleks arxeologik ekspeditsiyasi arxeologik işlarining 2-mavsumi iş boşlagan. 

Ekspeditsiya işlarida Fanlar akademiyasi Qoraqalpoğiston bölimi Qoraqalpoq gumanitar fanlar instituti hamda Rossiya Fanlar akademiyasi Şarqşunoslik instituti, akademiyaning N.N.Mikluxo-Maklay nomidagi etnologiya va antropologiya instituti, Rossiya Şarq xalqlari san'ati muzeyi ilmiy xodimlari iştirok etmoqda.

«Katta qirqqiz qal'a» yodgorligida amalga oşirilgan arxeologik qaziş işlari mazkur mintaqada qadim davrlarda yaşagan xalqlar tarixi töğrisida yangi ma'lumotlarga asos böladi.

Arxeolog-olimlarning ta'kidlaşiça, mazkur yodgorlik miloddan avvalgi IV–III asrlarda qurilgan bölib, milodiy VI–VIII asrlargaça foydalanilgan.

Ta'kidlanişiça, qal'aning ğarbiy tomonida yirik monumental bino mavjud bölib, unda arxeologik qaziş davomida antik keramika namunalari, maişiy buyumlar, butun kamalak ranglarini özida jamlagan devoriy rangli tasvirlar namunalari topilgan.

Bundan taşqari, qal'a hududidan tangalar ham topilib, ularni restavratorlar örganmoqda.