Sönggi bir hafta davomida bitkoin (BTC) sezilarli darajada tuşib ketdi va tuşiş çorşanba kuni ertalabdan yana davom etdi. Bitkoin uçun bu fevraldan buyon eng yomon pasayiş deb qaralmoqda.
Kriptovalutalar bilan vaziyat qanday?
Ötgan hafta bitkoin narxi sezilarli darajada pasayib, 59,500 dollardan eng past darajaga – 43,825 dollarga tuşdi. Bu fevral oyidan beri narxlarning eng past darajasidir.
Eng ommabop va qimmatbaho token bölgan bitkoin çorşanba kuni ertalabki savdolarda 20 foizdan köproqqa tuşib ketdi. U yanvar oyidan beri kuzatilmagan darajadan eng pastga çökdi. Boşqa kriptovalutalar unga ergaşdi. Bu yil astronomik ösişdan bahramand bölgan dogekoin sarmoyadorlari 10 ming foiz oşişdan söng, ayniqsa kuçli zarbaga uçraşdi. Dogekoin 30 foizga tuşib ketdi.
Çorşanba kuni bitkoin uç oylik eng past körsatkiç – 30 foizdan köproqqa tuşib ketib, uning qiymati taxminan 30,000 dollarni taşkil qildi. Ethereum blokçeyn tarmoği uçun asosiy kriptovaluta bölgan Ether ham keskin – 2000 dollardan pastga tuşdi, bu 24 soat vaqt içida 40 foizdan köproq pasayiş böldi.
Bitkoin va boşqa kriptovalutalarning keskin pasayişiga nima sabab böldi?
Bitkoin va boşqa kriptovalutalarning keskin pasayişi Tesla boş direktori Ilon Maskning kriptovalutalardan foydalanmaslikni ma'lum qilgani va Xitoy hukumatining bayonoti bilan boğliq bölişi mumkin, deb qaralmoqda.
Tesla qazib olinadigan yoqilği, şu jumladan, kömirdan foydalaniş tobora köpayib borayotganligi sababli bitkoin orqali elektromobillarni sotib oliş imkoniyatini töxtatdi. Kompaniya kriptovaluta bilan savdo operatsiyalarini amalga oşirmaslikka va'da berdi. Bu haqda Ilon Mask özining Twitter’dagi sahifasida ma'lum qilgandi.
«Kriptovalutalar balki yaxşi ğoya, biz ularning istiqbolli kelajagiga işonamiz, ammo bu atrof-muhit uçun qimmatga tuşişi kerak emas», — deb yozdi Mask bir hafta oldin.











