Xitoy Fuqarolik işlari vazirligining ma'lumotlariga köra, joriy yilning dastlabki 3 oyi davomida Xitoyda 296 mingga yaqin ajrimlar qayd qilingan. Bu körsatkiç ötgan yilning mos davrida milliontani taşkil etgan. Mamlakatda ötgan bir yil içida ajrimlar miqdori 70 foizdan oşiqroqqa kamaygan.

Buning sababi Fuqarolik kodeksiga kiritilgan yangi özgartirişlar bilan izohlanmoqda. Endilikda ajrimga ariza bergan juftlik uni rasmiylaştiriş uçun 30 kun davomida kutişga majbur böladi. Bu özgariş joriy yilning 1 yanvaridan kuçga kirgan bölib, «öylab köriş muddati» sifatida baholangan.

Xitoyda bunday qonunning qabul qilinişiga mamlakatda ajralişlar soni köpayib, tuğiliş darajasi kamayişi asosiy sabab sifatida körsatilgan. Agar ariza bergan juftlik vakolatli organga 30 kundan 60 kungaça qayta murojaat qilmasa, ularning murojaati bekor qilinadi. Şuningdek, ariza topşirişga oiladagi zöravonlik sabab qilib keltirilsa, ajrim öylab köriş muddatisiz, töğridan töğri amalga oşiriladi.

Dastlab, uşbu yangi qonunni Xitoy aholisi salbiy baholab, köplab yoşlar umuman turmuş qurmaslik bilan tahdid qilgan.

2003 yildan beri Xitoyda ajraşiş darajasi keskin kötarilib, demografik inqirozga olib keldi. Mutaxassislar fikriga köra, tuğiliş darajasining pasayişi tufayli Xitoy aholisi asr oxiriga kelib ikki baravar kamayişi mumkin. Bunga javoban rasmiylar an'anaviy qadriyatlarni tarğib qilib va ajralişlarning oldini olişga harakat qilişmoqda.

Ma'lumot uçun, 2021 yilning birinçi çoragida Özbekistonda ajrimlar soni 15,4 foizga oşgan. Uşbu davr mobaynida respublika böyiça 9213ta ajrim holati qayd etilgan. Taqqoslaş uçun, bu körsatkiç 2020 yilning yanvar -mart oylarida 7,8 mingtani taşkil etgan.