Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putinga ta'rif berişni rad etdi. U matbuot anjumanida «balandparvoz bayonotlar bilan nizo çuqurlaşişiga» sababçi bölsa, özini keçirmasligini aytdi.

«Putin haqida öylaşga vaqtim yöq. Men faqat uruşni tugatadigan uçraşuv töğrisida öylayapman. Şuning uçun Rossiya prezidentiga ta'rif berişga ehtiyotkorlik bilan yondaşaman», — dedi Zelenskiy polşalik jurnalistning «Putin töğrisida qanday fikrdasiz?» degan savoliga javoban.

Öz navbatida, Putin ham Ukraina prezidentiga ta'rif berişni istamadi.

«Bunday savollarga javob berişdan doim qoçaman. E'tibor bergan bölsangiz, lavozimini tark etgan sobiq davlat rahbarlariga ham aslo ta'rif bermayman», — dedi u.