May, iyun, iyul – bu xaridorlar talabi va mahsulot takliflari keskin özgaradigan davr. Bunday özgariş mantiqiydir: biz jazirama issiqda, mehnat ta'tili, kanikullar, piknik uçun dala hovliga va şahar taşqarisiga sayohat qiliş davrini boşlaymiz va bu bizning yoz faslini qulay va qiziqarli tarzda ötkazişga bölgan ehtiyojimizni şakllantiradi. Siz uçun OLX.uz tahlil markazi kelgusi oylarda dolzarb va ommabop böladigan mahsulotlarga kutilayotgan talabning qisqaça hisobotini tayyorladi.

Yozda eng ommabop mahsulotlar:

  • Konditsioner +675%
  • Basseyn +452%
  • Hovli asboblari +152%
  • Bolalar velosipedlari +144%
  • Qişloq xöjaligi hayvonlari +129%
  • Muzlatkiç 101%

Maişiy texnika savdosi böyiça çempionlar: konditsionerlar va muzlatkiçlarAlbatta, yildan yilga iqlimiy jihozlariga bölgan talab ortib bormoqda – konditsionerlar, ventilyatorlar, köp-bölinmali (multi-split) tizimlar va hattoki havo namlagiçlar. May-iyul oylarida ularga bölgan talab örtaça 675 foizga oşadi! Sotuvçilar sobiq ittifoqning BK-1500 va BK-2300 va turli xil markadagi tejamkor konditsionerlaridan tortib eng sönggi VRV tizimlariga qadar ulkan assortimentni 3 000 000 dan 48 000 000 sömgaça bölgan narx orasida taklif qilmoqdalar. Aytgança, foydalanuvçilar Midea, Gree, Aux va Artel brendlarining konditsionerlarini boşqalaridan köproq qidirmoqdalar.

Sovutkiçga bölgan talab 101 foizga oşadi. Sotuvçilar yangi modellarni keng narx oraliğida hamda işlatilgan modellarni taqdim etadilar. Yangi muzlatkiçlar orasida eng köp takliflar Indesit brendidandir, işlatilgan modellar orasida esa Samsung yetakçi örinni egallaydi.

 Uy va boğ uçun mahsulotlar: basseyn yetakçilik qilmoqda

Özingizni jaziramadan qutqariş va maroqli vaqt ötkazişingiz uçun sotuvçilar bolalar va kattalar uçun har xil ölçamdagi basseynlarni taklif qilmoqdalar. Bu mahsulotlarga talab doimiy ravişda oşib bormoqda, bu safar rekord darajada – 452 foiz.