Festival taşkilotçilaridan biri Abror Ismoilovga köra, maxsus dekoratsiya asosida qurilgan şaharçada 5 kun davomida muntazam ravişda turli tadbirlar bölib ötadi.
«Bularga ham madaniy, ham ma'rifiy tadbirlar kiradi. Bundan taşqari, asosiy urğuni siyosatçilar, deputatlar bilan uçraşuvlarga qaratdik hamda intellektual öyinlar taşkillaştirdik. Festivalda 40 mingdan ziyod yoşlar iştirok etadi», – dedi u.

Qayd etilişiça, dastur doirasida Tashkent Dance Fest va Tashkent Voice Fest raqs va vokal tanlovlari, Brain Ring intellektual öyini va Street Art tanlovi bölib ötadi.
Şuningdek, futbol, Street Ball, stol tennisi, armrestling va Street Workout böyiça musobaqalar taşkil etiladi.


Yoş IT mutaxassislar öz bilim va könikmalarini «ProjectX» ideatoni va Tashkent Cyber Cup-2021da namoyon etişlari mumkin. Birinçi tanlovda iştirokçilar jamoalarga bölinadi va ta'lim, innovatsiyalar, işsizlikka qarşi kuraş, soğliqni saqlaş hamda ekologiya böyiça loyihalar işlab çiqişadi. Eng yaxşi startap tadbir homiylari tomonidan moliyalaştiriladi.
Festival doirasida qizlar uçun Women Networking Week ötkaziladi. Unda jamoalar 4 yönaliş: ilm-fan va texnologiyalar (STEM), biznes, ijtimoiy soha hamda art böyiça loyihalarini taqdim etadi. Ğolib jamoalar homiylar tomonidan rağbatlantiriladi.
Boş vazir örinbosari Behzod Musayev matbuot anjumanida tadbir boş ğoyasi haqida töxtalib ötdi.

«Bu tadbirga bitta yakuniy nom qilib, «Yoşlar, birlaşaylik» desak böladi. Çunki yoşlar köp joyda tarqoq. Asosiy maqsad – birlaşiş. Bu yerda köp odamlar yangi taniş orttiradi. Bir-biri bilan ahillaşadi. Bölib ötadigan turli anjumanlar orqali bir-birini köriş, biliş, tanişiş imkoniyatiga ega böladi», – dedi boş vazir örinbosari.















