KUN.UZ sayti o‘z mushtariylarini ijodiy hamkorlikka chorlaydi. Buning uchun o‘z mobil telefoningizda tushirilgan video va foto materiallarni Telegram messenjerida @kunuzvideo_bot orqali tahririyatga jo‘natishingiz mumkin.
Quyida KUN.UZ tahririyatiga jo‘natiladigan video va fotolar qanday tushirilishi va jo‘natilishi kerakligi borasidagi ayrim savollarga javoblar keltiriladi.
1-SAVOL: KUN.UZ’ga qanday video va fotolarni jo‘natsa bo‘ladi?
1. Aytaylik, siz biror kutilmagan hodisaga duch keldingiz. Boshqalarga noqulaylik tug‘dirmaydigan bo‘lsa, uni tasvirga oling.
2. Tabiiy ofatlar (sel, toshqin, do‘l va hokazo) va ko‘pchilikka zarari tekkan baxsiz hodisalar (yong‘in va h.k.)ni jo‘natishingiz mumkin (Dahshatli avtohalokatlarni tushirish va jo‘natish tavsiya etilmaydi).
3. Tezroq bartaraf etilishi ko‘pchilikka foydali bo‘lgan texnogen hodisalar (avtoyo‘llardagi yo‘l cho‘kishi, quvurlarning yorilishi va hokazo) kabilarni jo‘nating.
Video yo foto muallifi o‘zingiz yoki siz shaxsan taniydigan yaqinlaringiz bo‘lishi mumkin. Ya'ni video va fotomaterial «toza» va ishonchli bo‘lishi shart. Video boshqa kanallardan yoki ijtimoiy tarmoqlardan olingan, ustiga turli kanallarning reklamasi yoki logosi qo‘yilgan bo‘lsa — materialdan foydalanilmaydi.
2-SAVOL: Qanday tasvirga tushirish kerak?
1. Tasvirga olishda telefonni qiyshaytirmasdan, uni tik yoki yotiq holda ushlab, s'yomka qilish kerak bo‘ladi.
















