Jyenevada Rossiya xavfsizlik kengaşi kotibi Nikolay Patruşev va AQŞ prezidentining milliy xavfsizlik böyiça yordamçisi Jyeykob Sallivan örtasida uçraşuv bölib ötdi.

Rossiya xavfsizlik kengaşi xabarida aytilişiça, uşbu uçraşuv «19 may kuni Sergey Lavrov va Entoni Blinken örtasida ötkazilgan uçraşuvning mantiqiy davomi böldi».

Ikki davlat taşqi işlar mahkamalari rahbarlarining uçraşuvi Islandiya poytaxti Reykyavikda bölib ötgandi.

Xabar qilinişiça, Rossiya AQŞ bilan sammit ötkazilişiga rasman rozi böldi.

«Jyenevada ötkazilgan uçraşuv rejalaştirilayotgan Rossiya-Amerika sammitiga tayyorgarlik yölida muhim bosqiç böldi, sammit ötkaziliş muddati va joyi töğrisida qöşimça e'lon qilinadi», deyiladi xabarda.

Avvalroq Vladimir Putin Jo Baydenning uçraşuv ötkaziş töğrisidagi taklifini qabul qilganini na Kreml, na Rossiya TIV tasdiqlagandi.