«UZREPORT TV telekanali sudga murojaat qilişining sababi, «Unitel» MÇJ («Beeline» savdo belgisi) kompaniyasi öziga tegişli bölgan «Beeline TV» mobil ilovasida UZREPORT TV bilan şartnoma tuzmasdan UZREPORT TV va FUTBOL TV telekanallarini namoyiş qilib, moddiy manfaat körib kelmoqda.

Mazkur harakatlari bilan «Unitel» MÇJ UZREPORT TV telekanalining qonuniy huquqlarini buzmoqda», – deyiladi telekanal axborotida.

«Beeline kompaniyasini bir neça marta ogohlantirdik. Huquqiy davlatlarda mualliflik huquqlariga amal qilinişi şart. Ammo Beeline bunday huquqlarni buzdi va buzişda davom etmoqda. Demak hammasini sudda hal qiliş fursati yetdi», – dedi telekanal huquqşunosi Mirzohid Ğaniyev Kun.uz'ga bergan izohida.

UZREPORT TV suddan «Unitel» MÇJ kompaniyasi «Beeline TV» mobil ilovasida UZREPORT TV va FUTBOL TV telekanallarini şartnoma tuzmasdan namoyiş etmaslikni söragan.

UZREPORT TV (FUTBOL TV) – futbol böyiça Yevropaning bir qator milliy çempionatlari (APL, La liga, Italiya A seriyasi), Yevropa Çempionlar ligasi, Yevropa ligasi, şuningdek, Jahon va Yevropa çempionati kabi bir qator musobaqalarning Özbekiston böylab eksklyuziv translatsiya huquqi egasi hisoblanadi.