Prezident Şavkat Mirziyoyev 24 may kuni hududlarda maktabgaça ta'lim muassasalari qamrovini kengaytiriş masalalari muhokamasi yuzasidan yiğiliş ötkazdi.

Rasmiy relizga köra, oxirgi tört yilda boğçalar soni 5 200 tadan 18 300 taga oşgan. Bolalarni maktabgaça ta'lim bilan qamrab oliş darajasi 2 barobar ortib, 60 foizga yetgan.

Davlat tomonidan berilgan imkoniyat va imtiyozlar natijasida xususiy va oilaviy boğçalar ham köpaydi. Bugungi kunda barça maktabgaça ta'lim muassasalarida 1,7 million bola tarbiyalanmoqda.

Lekin, bu işlar hali yetarli emas. 53 ta tumanda boğçalar yetişmaydi. Masalan, Surxondaryo viloyatining Bandixon, Denov, Qumqörğon, Qaşqadaryo viloyatining Çiroqçi, Qamaşi va Kitob, Toşkent viloyatining Yangiyöl tumanlarida qamrov darajasi juda past.

Tanqidiy ruhda ötgan yiğilişda sohadagi şu kabi kamçiliklar körsatib ötildi. Ularni bartaraf etiş, maktabgaça ta'lim qamrovi va sifatini oşiriş masalalari muhokama qilindi.

Mazkur 53 ta tumanda 34 ming örinli 2 mingta oilaviy boğça taşkil etiş çoralari belgilandi. Bunday boğçalarga qöşimça işçi yollaşga ruxsat berib, qabul qilinadigan bolalar sonini ikki barobar oşiriş taklifi ma'qullandi.

Davlat rahbari asosiysi ta'lim-tarbiya mazmuni ekanini ta'kidlab, oilaviy boğçalarga öquv qöllanma va metodik materiallarni bepul yetkazib beriş vazifasini qöydi. Buning uçun davlat tomonidan jami 30 milliard söm ajratiladi. Şuningdek, bunday muassasalarni zarur jihozlar bilan ta'minlaş uçun 5 foiz stavkada 30 million sömgaça imtiyozli kreditlar beriladi.

Olis hududlarda maktabgaça ta'lim qamrovini kengaytirişning yana bir manbasi – davlat-xususiy şeriklik asosidagi boğçalardir. Bugungi kunda bunday muassasalarda bir bola uçun 50 foiz xarajatlar subsidiya qilib kelinmoqda.

Yiğilişda uşbu subsidiya miqdorini 75 foizga yetkaziş, xususiy boğçalarning elektr energiyasi va tabiiy gaz tölovining 50 foizini davlat budjetidan qoplaş böyiça körsatmalar berildi.

Bundan taşqari, pandemiya sababli töliq quvvatda işlamagan DXŞ boğçalarning kreditlari böyiça asosiy qarz tölovi muddati ham yil yakuniga qadar uzaytirildi.