Senat kengaşining majlisi ötkazildi. Majlisni Senat raisi Tanzila Norboyeva olib bordi. 

Kengaş majlisida ayrim budjetdan taşqari maqsadli jamğarmalar mablağlari şakllantirilişi va ulardan foydalaniş samaradorligini örganiş natijalari töğrisidagi masala ham körib çiqildi.

2018-2020 yillarda test sinovlari şaffof va adolatli ötkazilişini ta'minlaş uçun jamğarma hisobidan 93,3 mlrd söm sarflangan. 

“Şunga qaramay, 2019-2020 öquv yili qabuli test sinovlarida iştirok etiş uçun ariza bergan abituriyentlardan 896,4 mln söm ortiqça tölov undirilgan, 30 mlrd söm mablağ tijorat banklari depozitlariga elektron saralaş tizimisiz töğridan töğri tuzilgan kelişuv asosida joylaştirilgan”, deyiladi ma'lumotda.

Şuningdek, “Davlat xaridlari töğrisida”gi qonun talablariga rioya qilmasdan 11,2 mlrd sömlik xaridlar amalga oşirilgani aytildi.