Voqea 2020 yilning 3 dekabr kuni Farg‘ona shahrida fuqarolar S.B. hamda N.S. o‘rtasida sodir bo‘lgan.
Ta'kidlanishicha, fuqaro S.B. tanishi N.S.ning ishonchiga kirib, 19800 AQSh dollari evaziga “Exunox” rusumli avtomashina olib kelib berishini aytadi. U tanishi N.S.dan pullarni aldov yo‘li bilan olib, bergan va'dasini bajarmasdan qo‘lga kiritgan pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Xabarda hozirda mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilayotgani bildirilgan.
Avvalroq, Farg‘onada 24 marta qoida buzgan haydovchi qariyb 28 mln so‘m jarima to‘lagani haqida xabar berilgandi.









