Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko mamlakatda «olov yonişi» jahon uruşiga olib kelişini aytdi, deb xabar berdi «BelTA» agentligi.
Uning sözlariga köra, Belarus unga yomonlik istayotganlarning maqsadlarini biladi. Lukaşenkoning ta'kidlaşiça, Belarus kiçik mamlakat bölişiga qaramasdan, munosib javob qaytara oladi.
«Öylanmagan keskin harakatlar qilişdan oldin Belarus Yevropaning markazi ekanini yodda tuting. Agar bu yerda alanga paydo bölsa, bu navbatdagi jahon uruşi böladi», — dedi u.
Avvalroq Lukaşenko Ğarbga narkotrafik va migratsiyani nazorat qilişni töxtatiş bilan tahdid qilgandi.
Eslatib ötamiz, 23 may kuni Lukaşenkoning buyruği bilan harbiylar Afinadan Vilnyusga yöl olgan Ryanair aviakompaniyasi samolyotini Minskka qöndirişdi.
Samolyot bortida Nexta Telegram-kanalining sobiq boş muharriri Roman Protaseviç va uning sevgan qizi bor edi — samolyot qönganidan keyin ular qölga olindi.
Bu hodisa xalqaro inqirozli holatni keltirib çiqardi. Aviakompaniyalar Belarusni aylanib ötgan holda uçişga qaror qilmoqda.













