AQŞ sudi Pentagonning Xiaomi kompaniyasini «Xitoy harbiy korxonalari» röyxatiga kiritiş töğrisidagi qarorini asossiz deb topdi.
Xabar qilinişiça, Kolumbiya okrugi sudining yakuniy qarori bilan Xiaomi kompaniyasiga nisbatan kiritilgan çeklovlar rasman olib taşlangan.
Ötgan yil noyabrda AQŞ prezidenti Donald Tramp Amerika kompaniyalari va xususiy investorlariga Xitoyning 30dan ortiq kompaniyasi aksiyalariga egalik qilişni taqiqlovçi farmonni imzolagandi. Şu yilning yanvarida Xitoyning yana sakkiz kompaniyasi bilan birga Xiaomi ham röyxatga kiritilgan.
Mart oyida Xiaomi Pentagon tuzgan uşbu röyxatdan çiqariliş böyiça sud qaroriga erişdi. Vaşington okrug sudi AQŞ mudofaa vazirligining kompaniyaga nisbatan qarorini «qöpol xato» deb topdi va qaror ijrosini vaqtinça töxtatib qöydi.
Xiaomi 2010 yilda taşkil etilgan va smartfon işlab çiqariş böyiça dunyoning eng yirik tört kompaniyasidan biri hisoblanadi.












