Rossiya rahbari Vladimir Putin AQŞ prezidenti Jo Bayden bilan Belarusdagi vaziyatni mamlakat prezidenti Aleksandr Lukaşenko ruxsatisiz muhokama qilgani uçun belaruslik hamkasbidan uzr söradi. Bu haqda Lukaşenkoning özi Belarus parlamenti a'zolari bilan uçraşuvda ma'lum qildi.

“Putin bu vaziyatda özini vijdonan tutdi. U menga qönğiroq qilib, ruxsatimsiz Belarusni muhokama qilgani uçun uzr söradi. Men esa unga “Baydenga bu haqda (Belarus haqida) gapirganing uçun senga rahmat. Şuning uçun Belarus haqida gapiraverişsin, juda bölmasa u (Bayden) Belarus qayerda joylaşganini bilib oladi”, deb aytgan Lukaşenko.

Belarus rahbari öz çiqişi davomida Baydenni Belarusdagi vaziyatdan bexabarlikda ayblagan. U Rossiya va AQŞ yetakçilari yaqin orada bölib ötadigan özaro uçraşuvda Ukraina va Belarusni muhokama qilmoqçi ekanliklarini qöşimça qilgan. Biroq, Lukaşenkoning fikriça, Belarus haqida yaxşisi Minskda gaplaşgan ma'qulroq hisoblanadi.

“Oçiqça taklif qilaman: agar Belarus muammolarini muhokama qilişmoqçi bölsa, unda davlatimizga kelişsin. Şveytsariyada ötirib olib, Putinga Belarus muammolarini örgatiş – bu kulgili”, deb qöşimça qilgan Lukaşenko.

Bayden va Putin 16 iyunda Şveytsariyaning Jyeneva şahrida uçraşmoqçi. Uçraşuvda tomonlar ikki tomonlama munosabatlarni, strategik barqarorlik, pandemiya muammolarini va dunyoning turli burçaklaridagi ixtiloflarni hal qilişni muhokama qilişi kutilmoqda.