Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenkoning Vladimir Putin AQŞ prezidenti Jo Bayden bilan Belarusdagi vaziyatni muhokama qilgani uçun undan uzr söragani töğrisidagi sözlariga izoh berdi.
Peskovning sözlariga köra, bu şunçaki gap va Rossiya prezidenti uzr söramagan, balki belaruslik hamkasbini xabardor qilgan.
«Putin bu vaziyatda özini vijdonan tutdi. U menga qönğiroq qilib, ruxsatimsiz Belarusni muhokama qilgani uçun uzr söradi», degandi Lukaşenko.
«Bilasizmi, qoidaga köra, xalqaro amaliyotda uçinçi mamlakat yoki uning yetakçisini öşa mamlakat rahbarini xabardor qilmasdan muhokama qiliş töğri emas. Şuning uçun buni töğridan töğri uzr söraş, deb tuşunmaslik kerak. Prezident Putin belaruslik hamkasbini bu masala tilga olingani töğrisida xabardor qilişni lozim topdi»,— dedi Peskov.
Vladimir Putin va Jo Bayden 26 yanvar kuni ilk marta telefon orqali muloqot qilgandi. Bayden va Putin 16 iyunda Şveytsariyaning Jyeneva şahrida uçraşişi rejalaştirilgan. Uçraşuvda tomonlar ikki tomonlama munosabatlarni, strategik barqarorlik, pandemiya muammolarini va dunyoning turli burçaklaridagi ixtiloflarni hal qilişni muhokama qilişi kutilmoqda.













