Daniya (rasmiy nomi Daniya Qirolligi) dunyoda ta'lim sifati eng yuqori bölgan davlatlardan biri. Jumladan, 2021 yil holatiga köra, Daniyada mavjud 8ta universitetning 7tasi THE (Times Higher Education) reytingi böyiça dunyoning eng kuçli 800 oliygohi röyxatidan joy olgan. Universitetlardan taşqari, mamlakatda 30ga yaqin san'at institutlari, akademiyalar, universitet-kollejlar kabi oliy ta'lim muassasalari mavjud.
Rafiqamning Daniyada tahsil olişi ortidan yarim yildan ortiq mazkur mamlakatda istiqomat qilganmiz. Uşbu maqola orqali Daniyada öqiş uçun viza oliş qanday tartibda keçişi haqida ma'lumot bermoqçiman.
Daniya OTMlaridan biriga qabul qilingan özbekistonlik talabalar qanday qilib Daniyaga öqişga borişi, viza va yaşaş ruxsatini (residence permit) olişini körib çiqamiz. Ta'kidlaş joizki, talaba sifatida qabul qilinsangiz, siz yaşaş ruxsatiga hujjat topşirasiz va bu ruxsat bilan birga avtomatik tarzda sizga 6 oylik muddatga D viza (uzoq muddatli viza) ham beriladi.

1. Talablar
Daniya talaba vizasini oliş uçun nomzod quyidagi asosiy talablarga mos bölişi kerak:
- Biror oliygohga qabul qilingan bölişi,
- ta'lim tilini yetarli darajada biliş (ingliz, dat, nemis, norveg yoki şved),
- özi va oilasini (agar birga borsa) butun öqiş davomida ta'minlaş uçun yetarli mablağga ega bölişi kerak. Bu mablağ, 2021 yil holatiga köra, bir kişi uçun oyiga 6321 krona (taxminan 1040 AQŞ dollari)ni taşkil etadi.
- 18 yoşga tölmagan bölsa, ota-onasidan farzandining Daniyada öqişiga rozilik bayonoti ham talab etiladi.














