Polkovnik Goita özini prezident deb e'lon qilişi haqidagi bayonotni Ndao va Uan ozod qilingandan bir neça soat ötib bergan. U 2022 yilda yangi saylovlar ötkazişga va'da bergan.
Malida 2020 yil sentyabrda mamlakatning sobiq rahbariyati – prezident Ibrohim Bubakar Keyta va boş vazir Bubu Sisse harbiylar tomonidan hokimiyatdan çetlatilgandan keyin ötiş hukumati tasdiqlanib, Ba Ndao vaqtinçalik prezident etib tayinlangandi. Ötiş davri 1,5 yil davom etişi, söngra 2022 yil fevralda saylovlar bölib ötişi belgilangandi.
Biroq harbiylar 9 oy ötgaç, mamlakatda yana bir töntaruvni amalga oşirib, Ndaoni ham hokimiyatdan çetlatişdi. Bunga esa Ndao tomonidan hukumatda amalga oşirilgan özgartirişlar sabab bölgan. Şundan keyin Goita prezident va boş vazirni hukumatni şakllantirişda u bilan maslahatlaşmaganlari uçun hokimiyatni topşiriş şartini buzganlikda ayblab, lavozimlaridan ozod qilgan. BMTda Malida yuz bergan voqealar hokimiyatni zöravonlik bilan egallab olişga uriniş, deb baholangan va hibsga olingan prezident hamda boş vazirni darhol ozod qiliş talab qilingan.












