Sardoba fojiasi keltirgan talafot – baliqçilar körgan zarar qaçon qoplab beriladi?
|18:17 / 16.03.202120 28510 min
Sardoba fojiasi 72ta baliq xöjaligining 3 ming 461 gektar yer maydoniga zarar yetkazgan. Har bir gektar zarar körgan yer maydoni uçun 30 million sömdan jami 103 mlrd 872 mln söm kompensatsiya tölab beriş közda tutilgan. Ammo, hozirça bu puldan darak yöq. Baliqçilar esa mavsum arafasida mablağ bölmagani sabab inqiroz yoqasida turipti.
2020 yil may oyida Sardoba suv ombori töğoni buzilib ketişi oqibatida yuz bergan fojia nafaqat aholi uylarini vayron qildi, balki minglab gektar ekin maydonlari, çorvaçilik, parrandaçilik va hatto baliqçilik xöjaliklarining ham hosillarini bir zumda oqizib ketdi.
Kun.uz’ga murojaat qilgan Sirdaryodagi önlab baliq xöjaligi rahbarlarining aytişiça, Sardoba suv omborining buzilib ketişi oqibatida Mirzaobod, Oqoltin va Sardoba tumanlaridagi 66ta baliq xöjaligining sun'iy köllari va undagi baliqlar nobud bölgan.
«Toşqin bizni ham çeklab ötmadi, körib turganingizdek, sun'iy baliq köl çekkalarida birorta damba qolmadi. 50 tonna baliqlarimni suv oqizib ketdi, milliarddan oşiq mayda baliq – liçinka taşlagan edim, ular ham oqib ketdi. Baliqlarni köpaytiradigan inkubatsion qurilmalarim, 10 tonna ona baliqlar, nasoslarimiz, transformatorlarimiz – hamma-hammasi oqib ketdi. Hozir 6 milliard sömdan oşiq zarardaman.
Şoyimqul Oçilov - «Sirli köl siri» baliqçilik xöjaligi iş boşqaruvçisi
Prezidentimiz birorta ham baliqçi bu yerda zarar körgan holda qolib ketmasligi, hammasi tölab berilişini aytgan edi. Lekin heç kim bu işni amalga oşirmayapti. Sirdaryo viloyat hokimligidagilar va'dadan nariga ötişmayapti», deydi tadbirkor.
Ma'lum bölişiça, 2021 yilning 8 yanvar kuni boş vazir örinbosari Şuhrat Ğaniyev boşçiligida ötkazilgan yiğilişda bir hafta içida Sardoba fojiasidan zarar körgan baliq xöjaliklari körgan zararni qoplaş böyiça Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritiş topşiriği berilgan.
Dastlabki hisob-kitoblarga köra, viloyatdagi 66ta baliq xöjaligining 3 ming 478 gektar sun'iy köl havzalari yaroqsiz holga kelgan, zarar miqdori 135 milliard 623 million sömni taşkil qilmoqda.
Zarar ham baliqçilar pulidan hisoblatildi
Mavzuga oid
Baliqçilarning aytişiça, viloyat hokimligi 2020 yilning avgust-sentyabr oylarida yetkazilgan zararni baholaş uçun barça baliqçilar faqatgina «Guliston» baholaş konsalting MÇJga murojaat qilişi kerakligini ma'lum qiladi. Baliq xöjaliklariga yetgan zarar ham ularning öz mablağlari hisobidan baholatiladi, bu xöjalikning kattaligiga qarab har bir baliqçiga 5 million sömdan 30-40 million sömgaça tuşgan. 2020 yilning noyabrida baliqçilar uşbu zararlarni ham qarz-havola qilib hisoblatib berişadi, lekin hali ham puldan darak yöq.
«Aziz-Şoxruz Fayz» baliqçilik xöjaligi iş boşqaruvçisi Şohruz Bobojonovning aytişiça, viloyat va tuman hokimliklari vaziyatdan töla xabardor.
«Sirdaryo viloyati hokimining birinçi örinbosari Anvar Karimov yiğiliş ötkazadi, 2-3 soatlab kutamiz uning kelişini. U esa kelib 2-3 kunda işingiz hal böladi, pullarni tölab beramiz deydi. Oxirgi va'dasi 10 mart sanasiga edi, lekin hali ham zarar tölab berilmadi.
Şohruz Bobojonov - «Aziz-Şoxruz Fayz» baliqçilik xöjaligi iş boşqaruvçisi
Özagrosuğurta va Kapital suğurta kabi kompaniyalar ham majburiy suğurtalaş uçun har yili millionlab pulimizni olişgan. Lekin endi Sardoba fojiasi texnogen hodisa, biz bunça pulni tölab berolmaymiz deyişyapti», – deydi u.
[Hozirda uşbu masala yuzasidan suğurta kompaniyalari bilan ham boğlanib izoh olişga harakat qilinmoqda].
«Yozmagan taşkilotimiz qolmadi»
«Baraka Klaster» MÇJ iş boşqaruvçisi Murodillo Botirovning aytişiça, xöjalikda 500 gektar yer bor.
«3 yil davomida yerni yaroqli holatga keltiriş va agrotexnika işlari uçun juda katta pul sarflagandim. 1,5 ming metrgaça bölgan suv lotoklarini ham öz hisobimizdan olib kelganmiz. Bu suv ofati hamma narsamizni oqizib ketgani yetmaganidek, yerlarimizni ham yaroqsiz holatga keltirib qöydi. 372 gektar yerga majburiy oziq-ovqat ekinlarini ekkan edik, 30 gektarlik sun'iy köl bor edi. Xudo şukrki, odam ölmadi, lekin 3-4 yillik mehnatimiz va xarajatlarimizning hammasini bir soat içida suv oqizib ketdi.
Umid bilan deyarli bir yildan buyon köz tikamiz, davlat qanday yordam berarkan deb. Sirdaryo viloyati hokimligi, ombudsmanga çiqdik, yozmagan joyimiz qolmadi. Hamma xatlar aylanib viloyat va tuman hokimliklariga kelyapti. Şu bilan hammasi tugayapti.
Murodillo Botirov - «Baraka Klaster» MÇJ iş boşqaruvçisi
Bizga qörqmasdan investitsiya kiritaveringlar deyişgan edi, endi bor-budimizdan ayrildik. Qayerga borsak pul tölaydigan taşkilot aniq emasligini aytişadi», – deydi Murodillo Botirov.
Yana bir masala, ba'zi baliqçilik xöjaliklari 2020 yilning boşida tuman hokimliklari bilan 49 yillik ijara şartnomasi tuzib iş boşlagan. Keyinçalik mart oyidan karantin boşlanib, kadastr hujjatlarini olişga ulgurmagan. May oyida esa Sardoba toşqini baliq köllarini yuvib ketgan. Endi viloyat hokimligi kadastr hujjati bölmagan (hujjat qilişga ulgurmagan) baliqçilarga zararni tölab berişdan boş tortmoqda.
«Soliq tölaşga kelganda kadastring bormi demaydi, hamma qatori soliqni olib ketadi. Karantin boşlanib, hujjatlarni qila olmay qoldim. Tuman hokimining qaroriga işonib, 1 milliard sömdan ortiq pul sarflab kölni aprel oyida bitirgan edim. Yölda IIB xodimlari uşlab olsa, işçilarni qanday işlataman, pullarini qanday beraman deb, karantin vaqtida köl qurilişga velosipedda qatnab yurdim. Qanday qilib kadastr qilişim mumkin edi, u vaqtda? Pul bermaslik uçun har xil bahonalar qilişyapti», – deydi «Gulzoda barakali baliq» xöjaligi rahbari.
Ularning aytişiça, aprel oylari boşlarigaça yerni yaroqli holatga keltirib baliq çavoqlarini taşlaş kerak. Aks holda baliqçilar yana bir yil kutişlariga töğri keladi. Oqibatda 2021 yilda minglab tonna baliqlar yetiştirilmasdan, minglab gektar yer esa yaroqsiz holda qolib ketadi.
«Zarar tölab beriladi, lekin hozir viloyatda bunça pul yöq»
Biz holatga izoh oliş uçun Sirdaryo viloyati hokimining birinçi örinbosari Anvar Karimov qabuliga kirmoqçi böldik. Lekin Karimov hududlarda ekani aytilib, vaziyatga uşbu masala bilan bevosita şuğullanayotgan «Sirdaryobaliqsanoat» MÇJ direktori Öktam Rahmatillayev izoh berişi ma'lum qilindi.
Öktam Rahmatillayev - «Sirdaryobaliqsanoat» MÇJ direktori
Öktam Rahmatillayevning aytişiça, Sardoba suv toşqinidan zarar körgan fermer xöjaliklariga zararni qoplaş böyiça boş vazir örinbosari Şuhrat Ğaniyev boşçiligida ötgan yiğilişdan söng, şu yil 27 yanvar kuni viloyat hokimi Ğofurjon Mirzayev yiğiliş ötkazgan. Unda tuzilgan bayonnomada baliqçilarga yetgan zararni qoplab beriş yuzasidan Vazirlar Mahkamasi orqali Moliya vazirligiga taklif kiritiş masalasi qöyilgan.
«Anvar Karimov 3 mart kuni viloyatdagi barça zarar körgan baliqçilik xöjaliklari rahbarlari bilan suhbat ötkazdi. Suhbatda 66talik röyxatga kirmay qolgan, lekin talafot körgan baliq xöjaliklari ham borligi ma'lum böldi. Işçi guruh bularni ham örgandi.
Anvar Karimov – Sirdaryo viloyati hokimining örinbosari
Örganişlarimizga köra, viloyat böyiça 72ta baliq xöjaligining 3 ming 461 gektar yer maydoni zarar körgani aniqlandi. Har bir zarar körgan bir gektar yer maydoni uçun 30 million sömdan tölab beriş böyiça ma'lumot kiritildi. Şuningdek, dastlabki hisob-kitoblarda farqli ravişda körilgan zarar miqdori ham 135 milliard 623 million sömdan 103 milliard 872 million sömga kamaytirilgan.
Zarar körgan yer maydonlari hududini qisqartirişimizga sabab, biz 1 maydan bir kun avval uşbu hududlarning rasmlarini sun'iy yöldoş orqali körganimizda ba'zi hududlar hali işlov berilmagan holda bölgani aniqlandi. Ya'ni dastlabki hisob-kitoblarda hali pul sarflanmagan hududlar ham zarar körgan hududlarga qöşib yuborilgan edi. Şuning uçun biz bularni örganib, maqbul holga keltirdik.
Xöjaliklarning kölga taşlangan baliqlar va çavoqlarning, yem xarajatlariga ham hujjatlari (çeklar, tölov hisob-varoqlari) mavjud bölsa, ular ham alohida tölab beriladi.
Lekin Anvar Karimov hozirda mahalliy budjetda bunça miqdorda pul mavjud emasligini aytgan. Şuning uçun Moliya vazirligiga xat kiritilib, budjetdan pul ajratilgan holatdagina baliqçilarning pullari tölab berilişi mumkin.
Mablağlarni dastlab 10-15 martga qadar tölab beriş va'dasi berilgan bölsa-da, yangi holatlar aniqlanayotgani uçun bu muddat çözildi. Hozir viloyat moliya boşqarmasi Moliya vazirligiga hujjatni kiritsa, keçi bilan mart oyining oxiriga qadar pullar tölab berilişi kutilmoqda», – deydi Öktam Rahmatillayev.
Agar pul tölanmasa bu yil 3,5 ming gektar köl tiklanmay, 30 ming tonna baliq yetiştirilmay qoladi
Öktam Rahmatillayevning aytişiça, agar Moliya vazirligi uşbu zararni qoplaş uçun pul ajratmasa, viloyatdagi 3,5 ming gektar sun'iy suv havzalarida 30 ming tonna baliq yetiştiriş böyiça qöyilgan reja bajarilmay qoladi. Şuningdek, 7 ming tonnadan ortiq baliq mahsulotlari aholi dasturxoniga yetib bormaydi. Baliqçilarning körgan zararni baholatişga ketgan mablağlari ham belgilangan tartibda qoplab berilişi közda tutilgan.
31 martni kutamiz
Guvohi bölganimizdek, mas'ul şaxs tadbirkorlar körgan zarar mart oyi yakuniga qadar qoplab berilişini aytmoqda. Baliqçilarning kayfiyatida tuşkunlik bölsa-da «şunça kutgan yana bir oz kutamiz-da» degan umid uçqunlari yöq emas.
Kun.uz uşbu masalaga yana qaytadi.
Farrux Absattarov, Kun.uz muxbiri,
Tasvirçi va montaj ustasi: Abdusalim Abduvohidov.