AQŞ 2021 yil martida tarixda birinçi marta Erondan neft import qildi. Bunday ma'lumotni AQŞ energetika vazirligi keltirib ötdi. Import qilingan neft hajmi 1 mln barrelni taşkil qilgan.
1981 yildan beri AQŞ vazirligi tomonidan olib boriladigan bu boradagi statistikaga köra, bungaça AQŞ faqatgina 2020 yil oktyabrda Erondan 1,1 mln barrel neft mahsulotlari import qilgan.
AQŞ Tehron neftiga nisbatan 2018 yil noyabrda sanksiyalar kiritgandi. Şundan keyin Vaşington yarim yil davomida 8ta davlatga Eron neftini import qilişga ruxsat bergan.
AQŞ energetika vazirligi taqdim qilgan oxirgi statistikaga köra, AQŞ mart oyida Saudiya Arabistonidan 9,5 mln, Rossiyadan 6,1 mln, Nigeriyadan 2,9 mln, Angoladan 1,6 mln, Liviyadan 622 ming barrel neft import qilgan.
Umumiy hisobda AQŞ OPeKga kiruvçi davlatlardan mart oyida 20,8 mln barrel, unga kirmaydigan davlatlardan 158,6 mln barrel neft olgan.
Şuningdek, AQŞ mart oyida jami 256,9 mln barrel neft va neft mahsulotlari, jumladan, 179,4 mln barrel neft import qilgan.












