Lokdaun 1 iyundan amal qila boşlaydi va 14 kun davom etadi. Bu vaqt davomida iqtisodiyotning eng muhim tarmoqlaridan taşqari barçasi vaqtinça faoliyat yuritmaydi.
Malayziyada oxirgi sutkada kunlik kasallanişlar soni 8,2 mingdan oşdi. Bu esa pandemiya boşidan beri eng yuqori körsatkiç hisoblanadi. Mamlakat soğliqni saqlaş vaziri Hişam Abdulla şifoxonalarning intensiv davolaş bölimlari bemorlar bilan 90 foizga tölganini ma'lum qilgan.
Malayziyada ilk bor lokdaun 2020 yil mart oyidan mayigaça kiritilgandi. Bundan taşqari, mamlakatda joriy yilning 22 yanvaridan 5 martigaça ijtimoiy çeklovlar amal qilgan. Öşanda hukumat çeklovlar evaziga örtaça kunlik kasallanişlar sonini 3 minggaça tuşirişga muvaffaq bölgan.













