Özbekiston davlat taşqi qarzining (21 mlrd dollar) 2,3 mlrd dollari Uzbekistan GTL zavodi qurilişiga yönaltirilgan. Loyihaning umumiy qiymati esa 3,6 mlrd dollarni taşkil etadi.

Albatta, bunday yirik mablağ va katta resurs sarflanayotgan majmua qaçon iş boşlaşi, energetika sanoati rivojiga qay darajada xizmat qilişi jamoatçilik e’tiboridagi masalalardan.

Energetika vazirligi matbuot kotibi Elmira Bekmurodovaning Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, hozirda loyihalaştiriş jarayoni töliq yakunlangan hamda quriliş-montaj işlari 92 foizga bajarildi.

«Quriliş işlarini dekabr oyida yakunlaş, joriy yilning iyul oyiga borib mahsulotlar işlab çiqarişni boşlaş rejalaştirilgan. Hozirda obektda 8 mingga yaqin işçi-muhandis, 522ta maxsus texnika işlamoqda.

2021 yil yanvarda xom suvni qayta işlaş qurilmalari — mineralsiz suv işlab çiqariş hamda yonğin öçiruv suv tizimi qismi işga tuşdi. Fevral oyida «Maş’ala» tizimi va buğ qozonlari foydalanişga topşirildi. Mart oyidan zavodga yonilği gazi qabul qiliş boşlandi. Şuningdek, aprel oyida suvni sovitiş qurilmasi (gradirnya) işga tuşirildi», dedi vazirlik vakili.

Qayd etilişiça, zavod töliq işga tuşsa, yiliga 3,6 mlrd kub metr gaz qayta işlanib, undan 1,5 mln tonna sintetik suyuq yonilği işlab çiqariladi. Şu bilan birga, 307,3 ming tonna aviakerosin, 724,6 ming tonna dizel yonilğisi, 437,3 ming tonna nafta, 53,4 ming tonna suyultirilgan gaz işlab çiqarilişi reja qilingan.

«Zavod iş boşlasa, 1 ming 321ta yangi iş örni yaratiladi. Yiliga 7,8 trln sömlik mahsulot işlab çiqariladi. Davlat budjetiga 1,5 trln söm soliq tölanadi. Loyiha natijasida tabiiy gaz çuqur qayta işlanadi, uglevodorodlar importi kamayadi, yuqori sifatli va ekologik toza yoqilği uçun içki talab qoniqtiriladi», deyiladi ma’lumotda.

Eslatib ötamiz, maydoni 135 gektarni taşkil etuvçi zavod Qaşqadaryo viloyatida qurilmoqda. Loyiha pudratçilari «Hyundai Engineering Co. Ltd», «Hyundai Engineering and Construction Co, Ltd» (Koreya) va «Enter Engineering Pte. Ltd». (Singapur) hisoblanadi. Zavod tabiiy gaz (tozalangan metan)ni qayta işlaşga möljallangan bölib, mahsulot «Şörtangaz» konlari guruhidan qazib çiqarilib, Şörtan gaz-kimyo majmuasidan yetkazib beriladi. Zavod mahsulotlaridan transport, qişloq xöjaligi, aviatsiya hamda neft va kimyo sanoatida foydalaniş rejalaştirilgan.

Mahsulot asosan Özbekistonda sotiladi. Aytilişiça, loyiha tugallanib, sintetik suyuq yonilği işlab çiqariş boşlanişi bilan yiliga taxminan 1 mlrd dollarlik uglevodorod importi örnini bosiş imkoni yaratiladi.