Özbekistonning Nyu-Yorkdagi (AQŞ) Boş konsulxonasi vakillari Ohayo ştatining Tsinsinnati şahrida istiqomat qiluvçi vatandoşlar uçun sayyor konsullik qabuli ötkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Boş konsulxona vakillari “Hamkor Uz Cincinati Association” özbek diasporasi taşkiloti rahbariyati va faollari bilan ham muzokaralar ötkazdi. Özbekiston mustaqilligining 30 yilligiga bağişlangan bayram tadbirlarini ötkaziş bilan boğliq taşkiliy masalalar muhokama qilindi. Milliy bayramlar va respublikada ötayotgan muhim ijtimoiy-siyosiy voqealar munosabati bilan birgalikda tadbirlar taşkil etiş töğrisida özaro kelişuvga erişildi. Tomonlar Amerika jamoatçiligi orasida özbek xalqining boy tarixiy-madaniy merosi haqida köproq ma'lumot tarqatişga qaratilgan qöşma sa'y-harakatlar rejasini işlab çiqişga qiziqiş bildirdi.

Muloqot davomida Boş konsulxona delegatsiyasi Tsinsinnati ştatida Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomidagi Özbekiston jome masjidi qurilişiga tayyorgarlik işlarining borişi bilan ham tanişdi. “Hamkor Uz Cincinati Association” mulki ölaroq 8665 State Route 48, Maineville, Ohio 45039 manzilida joylaşgan 2,7 gektar maydon közdan keçirildi.
Ayni paytda “Hamkor Uz Cincinati Association” özbek diasporasi taşkiloti Ogayo ştatining arxitektura va quriliş kompaniyalari örtasida qurilajak binoni loyihalaş va dizayn smetalarini tayyorlaş böyiça tanlov e'lon qilgan. Majmua hududida 600-700 kişiga möljallangan ibodat uçun asosiy bino, tahorat oliş xonalari va boşqa maxsus yordamçi inşootlar va 100dan ortiq avtomobil uçun töxtaş joyi barpo etiladi. Şuningdek, majmuada “Hamkor Uz Cincinati Association” özbek diasporasi vakolatxonasi hamda özbek tili va adabiyoti, odobnoma va boşqa fanlar böyiça vatandoşlar farzandlari öqiydigan sinf xonalari joylaşadi.
Loyiha Qöşma Ştatlarda yaşovçi vatandoşlar tomonidan amalga oşiriladigan ehson mablağlari hisobiga moliyalaştiriladi.
“Hamkor Uz Cincinati Association” rahbariyatiga vatandoşlarning Tsinsinnati şahrida özbek masjidini quriş böyiça taşabbusi Özbekiston Musulmonlari idorasi tomonidan olqişlanişi va bu masala yuzasidan respublika diniy idorasi diaspora taşkiloti bilan ikki tomonlama hamkorlikni yölga qöyişga tayyorligi ma'lum qilindi. Masjid qurilişi yakunlangaç, Özbekiston Musulmonlari idorasi respublika imom-xatiblaridan birini uşbu maskanda diniy xizmatlarni bajarişga yuboriş masalasini körib çiqişga tayyorligi qayd etildi.
















