22 may kuni 4R-4 «Toşkent ş. – Keles ş. –Qozoqkensoy q. – M39» avtomobil yöli (820 km) Sariyoğoç qişloğiga şaxobça avtomobil yölida olib borilayotgan rekonstruksiya işlari munosabati bilan, Keles yöli köçasi hamda Yuqori Kökterak köçalarini boğlovçi yöl ötkazgiç (köprik) sun'iy inşootida ta'mirlaş işlari yakunlangunga qadar transport vositalari harakati vaqtinçalik töliq töxtatilişi haqida xabar berilgan edi.
Uşbu köprikda ta'mirlaş işlari töliq tugamagan bölişiga qaramay, qayta oçildi.
«Vaqtinçalik keltirilgan noqulayliklar uçun uzr sörab, manzilingizga eltuvçi yölning ta'miri töliq yakuniga yetmagan bölsa-da, Sizlarga noqulaylik tuğdirmaslik maqsadida bugundan Keles köprigi avtomototransport vositalari harakatlanişi uçun oçilganligini rasman ma'lum qilamiz», deyiladi xabarda.
















