Aniqlanişiça, vagonlardan birida bölgan qora rangli sumka içida bojxona nazoratidan yaşirilgan hamda oğzaki sörov davomida bojxona xodimlariga ma’lum qilinmagan turli buyumlar borligi aniqlandi.
Jumladan, 1 dona qoğoz qutiga joylaştirilgan sellofan paketçalar içida har xil turdagi va kattalikdagi 174 dona tanga, 27 dona turli uzuk, 2 dona kamon öqlari uçlari (nakoneçnik), 2 dona bilakuzuk, 86 dona zargarlik buyumlari hamda 26 dona maişiy buyum elementlari borligi ma’lum böldi.
Dastlabki taxminlarga köra, aniqlangan uşbu buyumlar tarixiy va madaniy ahamiyatga ega bölişi mumkin. Şu bois, holat yuzasidan hujjatlar belgilangan tartibda rasmiylaştirilib, buyumlar badiiy ekspertizaga topşirildi.
Ekspertiza xulosasiga asosan tegişli qonuniy baho beriladi.
















