Bolalar ombudsmaniga Toşkent viloyati Keles şahrida yaşovçi fuqaro tomonidan uning 2019 yilda tuğilgan qiz farzandiga nisbatan bolalar boğçasida jinsiy tegajoğlik sodir etilganligi haqida murojaat qilingan.

Bolalar ombudsmani xabariga köra, mazkur murojaatni Boş prokuratura bilan birgalikda örganiş natijasida Keles şahridagi xususiy boğçada bölgan vaqtida bolaga nisbatan jinsiy tegajoğlik qilingani yuzasidan 2023 yil 15 dekabrda Jinoyat kodeksining 129-moddasi (ön olti yoşga tölmagan şaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qiliş) bilan jinoyat işi qözğatilgan va hozirda Toşkent tumani IIB TB tomonidan dastlabki tergov işlari olib borilmoqda.

Bundan taşqari, aniqlanişiça, Toşkent tumani, Keles yöli köçasida fuqaro özi yaşab kelayotgan uyida 2023 yil 1 dekabrdan boşlab, tegişli ravişda ruxsatnoma olmasdan, heç qanday litsenziyasiz bolalar boğçasi taşkil etgan.

Toşkent tumani sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimi tomonidan uşbu xonadon örganilganda, bu yerda sanitariya qoidalari jiddiy ravişda buzilgani va boğçada işlagan 2 kişi tibbiy körikdan ötmaganligi aniqlangan.

Jinoyat işi tergovi davomida fuqaroning litsenziya olmasdan maktabgaça ta’lim muassasasi oçib faoliyat körsatganligi holatiga ham huquqiy baho berilayotgani aytilgan.

“Mazkur jinoyat işi tergovi viloyat prokuraturasi, Boş prokuratura tomonidan nazoratga olingan hamda bolalar ombudsmanining bola manfaatlari yuzasidan kuzatuvi ostida”, deb ma’lum qildi bolalar ombudsmani.