Sirdaryo viloyatida ötkazilgan tezkor tadbirda özini «departament xodimi» deb taniştirgan firibgar uşlangan. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, Boş prokuratura huzuridagi Departamentning içki xavfsizlikni ta'minlaş bölimining bildirgisiga asosan, Şirin şahar bölimi tomonidan tezkor tadbir ötkazilgan.
Tadbirda, fuqaro Ş.X. boşqa bir fuqaro A.ga özini «departament xodimi» deb taniştirgan. Söng, unga 1 000 AQŞ dollari evaziga tanişlari orqali şahar hududidan bekat dökon quriş uçun yer ajratilişida yordam berişni va'da qilib, 500 dollarni firibgarlik yöli bilan olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.

















