Xitoyda odamga H10N3 parranda grippi virusi yuqishi bo‘yicha birinchi holat aniqlandi

Foto: Global Look Press
Xitoyning Tszyansu provinsiyasida ilk bor insonga parranda grippining H10N3 shtammi yuqishi qayd etildi. 1979 yilda birinchi marta Hongkongda aniqlangan ushbu shtamm bungacha faqat qushlardan qushlarga yuqqan.
Xitoyning sog‘liqni saqlash masalalari davlat qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, H10N3 bilan 41 yoshli erkak kasallangan. 23 aprelda erkakning tana harorati ko‘tarilgan va kasallikning boshqa alomatlari namoyon bo‘la boshlagan. 28 aprelda esa ahvoli yomonlashgach, mahalliy shifoxonaga yotqizilgan.
Xitoyning kasalliklarni nazorat qilish va profilaktikasi markazi bemordan olingan namunalarni tahlil qilib, unda H10N3 shtammi borligini aniqlagan.
Ta'kidlanishicha, bemorda aniqlangan virus genomining to‘liq tahlili u bemorga parrandadan yuqqanini va odamlar orasida keng tarqala olmasligini ko‘rsatgan.
Bemor bilan yaqin aloqada bo‘lgan kishilar tibbiy nazorat ostiga olingan, biroq ularda hech qanday alomatlar qayd qilinmagan. Ayni vaqtda erkakning ahvoli barqaror deya baholanmoqda va umuman olganda shifoxonadan chiqarilishi mumkin.
Bungacha H10N3’ning odamdan odamga yuqishi holati qayd etilmagan, qushlar orasida esa u kam yuquvchan hisoblanadi. Mutaxassislarning fikricha, virusning odamga tasodifan yuqishi va keng tarqalishi xavfi past.
Ularning ta'kidlashicha, virusning bir turdan ikkinchi turga o‘tishi uchun u katta miqdorda bo‘lishi talab etiladi. Ya'ni odam ushbu virusni yuqtirib olishi uchun uni katta miqdorda ichga yutgan bo‘lishi kerak. Shuning uchun parranda fabrikalarida nazoratni kuchaytirish lozimligi aytilmoqda.
Mutaxassislar, shuningdek, kasallikdan o‘lgan va tirik qushlar bilan aloqadan qochishga, oziq-ovqat gigiyenasiga e'tiborli bo‘lishga hamda himoya choralarini ko‘rishga chaqirishgan.
H10N3 shtammi ilk bor 1979 yilda Hongkongda, so‘ngra 2011 yil Tailanddagi qush bozorida aniqlangan. Bungacha ushbu virus odamlarda qayd qilinmagan.
Tavsiya etamiz
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
Kameralar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydigan bo‘ldi
O‘zbekiston | 16:46 / 16.05.2025
14 yillik qamoqdan prezidentlikkacha. Xose Muxika kim edi?
Jahon | 16:05 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda OTM talabalari uchun yagona forma joriy qilinishi haqidagi xabarlar rad etildi
O‘zbekiston | 09:56
-
Mutaxassis Toshkentda kuzatilgan chang bo‘roni sabablarini ma’lum qildi
O‘zbekiston | 09:24
-
“Ijtimoiy tarmoqlar qonuni” va grin-kartadagi liderlik - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 09:00
-
O‘zbekiston merganlari Turkiyadagi musobaqada yana oltin medal oldi
O‘zbekiston | 08:34
Mavzuga oid

17:53 / 07.01.2025
AQShda H5N1 parranda grippi bilan bog‘liq birinchi o‘lim holati qayd etildi

00:24 / 04.10.2024
Vetnamdagi hayvonot bog‘ida o‘nlab yo‘lbarslar parranda grippi tufayli nobud bo‘ldi

21:22 / 12.04.2023
Xitoyda parranda grippidan dunyoda birinchi marta odam o‘limi qayd etildi

11:57 / 03.03.2023