Luiziana ştatida H5N1 parranda grippi bilan boğliq AQŞdagi birinçi ölim holati qayd etildi. Bu haqda mahalliy soğliqni saqlaş departamenti xabar berdi. Ötgan yil boşidan beri butun dunyoda parranda grippi tarqalmoqda.
Ta’kidlanişiça, bemor 65 yoşdan katta bölgan va unda boşqa kasalliklar ham aniqlangan. Virus unga yovvoyi quşlar bilan aloqadan keyin yuqqan. Luiziana soğliqni saqlaş departamentiga köra, bu ştat hududida qayd etilgan yagona holat bölib, aholi orasida H5N1 parranda grippining tarqaliş xavfi past darajada qolmoqda.
Dekabr oxirlarida AQŞ Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazi (CDC) bemorda parranda grippi virusining mutatsiyasi aniqlanganini ma’lum qilgandi. Skripps instituti olimlarining ogohlantirişiça, uşbu virusdagi bitta özgariş ham H5N1 ştammini odamlar orasida tez tarqaladigan kasallikka aylantirib, yangi pandemiya tölqinining paydo bölişiga olib keladi.
Ötgan yili JSST epidemiologi Riçard Pibodi dunyo hamjamiyati odamdan odamga yuqişi mumkin bölgan parranda grippi tufayli yuzaga kelişi mumkin bölgan yangi pandemiyaga tayyorgarlik köriş zarurligini aytgan edi. Uning ta’kidlaşiça, xavf, ayniqsa, qişloq joylari va parranda boqiş bilan şuğullanadigan örta daromadli oilalar uçun kuçaymoqda.
Eslatib ötamiz, 2023 yil aprelda Xitoyning janubidagi Guandun provinsiyasida yaşovçi 56 yoşli ayol parranda grippining H3N8 ştammi bilan kasallaniş oqibatida vafot etgan birinçi odamga aylangandi.

















