Vetnam janubidagi hayvonot boğlarida parranda grippi tarqalganidan keyin önlab yölbarslar nobud böldi, deb xabar beradi BBC.

Ma’lum qilinişiça, avgust oyida virus oqibatida uçta şer va pantera, şuningdek, 47 ta yölbars halok bölgan. H5N1 virusi Xoşimin şahri yaqinidagi Vuon Xoay hayvonot boğida va Longan provinsiyasidagi May Kuin boğida qayd etilgan.

Reuters agentligining yozişiça, yirtqiçlar kasallangan tovuqlarning göşti bilan oziqlantirilganidan keyin nobul bölgan.

Vetnam Soğliqni saqlaş vazirligiga köra, nobud bölgan yölbarslardan olingan namunalar ularda parranda grippi mavjudligini tasdiqlagan va hukumat «uşbu parranda göştlari manbasini aniqlaşga kirişgan».

Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) veb-saytidagi maslahatlarda yuqiş xavfi yuqori bölgani sababli parranda grippi avj olgan hududlardan xom yoki yaxşi pişmagan göşt hamda tuxumni iste’mol qilmaslik tavsiya etiladi.

H5N1 virusi ştammi birinçi navbatda hayvonlarga yuqadi. 2003 yildan beri 900 ga yaqin insonga parranda grippi bilan kasallaniş taşxisi qöyilgan bölsa, ularning yarmidan ortiği vafot etgan.