Ma'lum qilinişiça, 2021 yilning 1 iyun kuni Özbekiston Respublikasining Iroq Respublikasidagi elçisi Bahrom A'loyev (qarorgohi Kuvaytda) Iroq prezidenti Barham Solihga işonç yorliqlarini topşirgan.
“Suhbat davomida Iroq rahbari Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevga birinçi bor mamlakatga elçi tayinlagani uçun minnatdorçiligini bildirdi. Mazkur qaror Özbekiston-Iroq aloqalarini kengaytiriş va mustahkamlaşga hissa qöşişiga işonç bildirildi”, deyiladi xabarda.

Siyosiy muloqot, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirişning muhimligi qayd etildi.












