Uşbu 9 qavatli uylarda 208 ta xonadon bor. Bino fasadi uç qoplamadan iborat bölib, uylar qişda issiq, yozda salqin böladi. Har bir xonadon alohida isitiş qozoni bilan jihozlangan. Birinçi qavatda savdo va servis şoxobçalari joylaşgan.

Uylarga xizmat körsatiş uçun boşqaruv kompaniyasi taşkil etilgan. U yerda elektr, gaz, lift va santexnika ustalari navbatçiligi yölga qöyiladi. Şuningdek, kompaniya huzurida öquv markazi ham bölib, yoşlar köp qavatli uylarga xizmat körsatadigan işçi kasblarni örganişi mumkin.

Bu yerga ilk oilalar köçib kela boşladi. Ularning ayrimlari xonadonlarni davlat tomonidan berilgan imtiyozlar asosida olgan.
Davlat rahbari şunday ikki oila - Nargiza Rahimova hamda Farrux Egamovning xonadonlarida bölib, ular bilan suhbatlaşdi.

- Siyosatimizning eng katta talabi mahallalarda yurib, odamlarning muammolarini eşitib, ularni hal etiş. Bugun ham Surxondaryo böyiça katta rejalar belgiladik. Hammasining tagida bitta narsa - inson manfaati bor. Endi bu uylarni aholiga adolatli beriş kerak. Adolat bölsa, qadriga yetadi, - dedi Şavkat Mirziyoyev.

Umuman, bu yil Surxondaryo viloyatida 3 ming 500 kvartirali köp qavatli uylar quriladi. 1 ming 460 ta oilaga ipoteka uçun subsidiya beriladi.


Şu bilan Prezidentimizning Surxondaryoga taşrifi yakuniga yetdi.











