Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan mamlakatda foiz stavkalarini pasaytiriş zarurligini yana bir bor ta'kidlaganidan söng, turk lirasi taxminan 3 foizga inflatsiyaga uçradi.

«Men Markaziy bankimiz rahbari bilan gaplaşdim. Foiz stavkalarini pasaytirişimiz şart. Natijada biz iyul va avgust oylarida narxlar pasayişiga erişamiz. Agar biz foiz stavkalari yukini sarmoyalar va xarajatlardan olib taşlasak, unda tinçroq muhitga kiramiz, çunki bu foiz stavkalari xarajatlar inflatsiyasini keltirib çiqaradi», – degan Turkiya rahbari TRT telekanaliga bergan intervyusida.

Ayni paytda mamlakatda işsizlik darajasi 13,1 foizni taşkil etmoqda. Bu körsatkiç yoşlar orasida ikki baravar köp. Bloomberğning yozişiça, işsizlikni kamaytiriş Erdöğan hukumati uçun muhim vazifaga aylangan, çunki işsizlik ikki raqamli sonlarda bölgan köplab şaharlarda, xususan Istanbul va poytaxt Anqarada aholida hukumatdan norozilik yuqori.

Tahlilçilarga köra, sönggi oylarda turk lirasi 16 foizga qadrsizlangan. Bundan taşqari, inflatsiya darajasi 17 foizni taşkil etmoqda. Markaziy şaharlarda oziq-ovqat narxlari oşyapti.

Erdöğanning ta'kidlaşiça, foiz stavkalarini qisqartiriş işlab çiqaruvçilarning xarajatlarini pasaytiradi va natijada iste'mol narxlarining ösişi sekinlaşadi.

Ekspertlarning fikriga köra, 2013 yildan beri Erdöğanning pul-kredit siyosatiga tinimsiz aralaşuvi, şuningdek, iqtisodiyotda çet el valutasi va oltinga boğliqlikning oşişi mamlakatda liraning qadrsizlanişiga va inflatsiya darajasining doimiy ravişda yuqori sur'atlarda saqlanib qolişiga sabab bölmoqda.

Aholining aksariyat qismi öz jamğarmalarini liraga aylantirişni istamaydi. Investorlarda mamlakat Markaziy banki mustaqilligiga, uning mustaqil qaror qabul qila olişiga işonç yöqligi aytiladi.