Qozoğiston milliy statistika byurosi 2021 yil 1 may holatiga köra respublika aholisi sonini ma'lum qildi. Bu körsatkiç 18 mln 962 ming 892 kişini taşkil etmoqda.
Qozoğistonda joriy yil boşida 18 mln 879 ming 552 kişi borligi qayd qilingan. Oxirgi ma'lumotlarga köra, 4 oy içida aholi soni 83 ming 340 nafarga köpaygan.
Respublika hududlari kesimida aholi soni Almati oblastida köpçilikni taşkil qilmoqda. Uşbu hududda 2 mln 86 ming 387 kişi yaşaydi. 2-örinni Turkiston oblasti egallab, unda 2 mln 52 ming 484 kişi istiqomat qiladi. Almati şahrida 1 mln 993 ming 67 kişi, Qarağanda oblastida 1 mln 376 ming 101 kişi va Şarqiy Qozoğiston oblastida 1 mln 362 ming 583 kişi yaşamoqda.
Poytaxt Nur-Sulton aholisi soni 1 mln 199 ming 83 nafarni taşkil qilib, joriy yil boşidan beri 14 ming 672 nafarga köpaygan.
Statistik ma'lumotlarga köra, Qozoğistonning qişloq aholisi soni 7 mln 741 ming 832 kişini, şahar aholisi esa 11 mln 221 ming 60 kişini taşkil qilmoqda.












