Samarqand viloyati Urgut tumanida yaşovçi 26 yoşli şaxs mast holda 41 yoşli hamqişloğini mix bilan jarohatlagan. Oqibatda jabrlanuvçi tuman tibbiyot birlaşmasining jonlantiriş bölimida vafot etgan. Bu haqda Kun.uz’ga Boş prokuratura matbuot kotibi Hayot Şamsutdinov ma'lum qildi.

Qayd etilişiça, 2021 yil 5 iyun kuni soat 18:30 larda Urgut tumani Ğös qişloğida joylaşgan Yetti uylik mahallasida yaşovçi B.S. qişloq markazida joylaşgan töyxona oldida tanişi, şu qişloqning Örta guzar mahallasida yaşovçi O‘.O. bilan spirtli içimlik iste'mol qilgan mast holatda özaro janjallaşib qolgan. Söng, şu atrofda joylaşgan xöjalik mollari dökonidan 15 santimetr uzunlikdagi mixni olib çiqib, O‘.O. ning öng kökrak qismiga bir marotaba sançib, u yerga yiqilganidan söng oyoq va qöllari bilan boş sohasiga zarbalar bergan. Oqibatda oğir tan jarohatlari olgan O‘.O. Urgut tuman tibbiyot birlaşmasining jonlantiriş bölimida vafot etgan.

Ta'kidlanişiça, marhum O‘.O. ning ölimi sabablarini aniqlaş maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Mazkur holat yuzasidan 2021yil 5 iyun kuni Urgut tumani prokuraturasi tomonidan B.S. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Gumonlanuvçi B.S. protsessual tartibda uşlangan.