Turnir qoidalari: pley-off iştirokçilari qanday aniqlanadi va boşqa muhim savollar.
Guruh bosqiçiga kimlar yöl olgan?
Pandemiya tufayli 2021 yilga qoldirilgan Yevro-2020 turnirida iştirok etuvçi 24 jamoa törttadan olti guruhga ajratilgan.
A guruhi — Turkiya, Italiya (mezbon), Uels, Şveytsariya
V guruhi — Daniya (mezbon), Finlyandiya, Belgiya, Rossiya (mezbon)
S guruhi — Niderlandiya (mezbon), Ukraina, Avstriya, Şimoliy Makedoniya
D guruhi — Angliya (mezbon), Xorvatiya, Şotlandiya (mezbon), Çexiya
Ye guruhi — Ispaniya (mezbon), Şvetsiya, Polşa, Slovakiya
F guruhi — Vengriya (mezbon), Portugaliya, Fransiya, Germaniya (mezbon).
Guruh bosqiçi öyinlari yakunlariga köra eng yaxşi 16 jamoa 1/8 finalga çiqadi va buyoğiga olimpiya tizimiga köra ğolib iştirokini davom ettiradi, mağlub uyiga qaytadi.
Öyinlar qayerda bölib ötadi?
Yevropa çempionatining 60 yillik tarixida final bosqiçi ilk bor butun qit'a böylab ötkaziladi. Yevro-2020 öyinlariga 11 şahar mezbonlik qiladi. E guruhi mezboni Ispaniya öyinlar (guruhning uç öyini va bir nimçorak final) ötadigan şaharni Bilbaodan Sevilyaga almaştirdi, E guruhining Dublinda ötişi kerak bölgan uç öyini Sankt-Peterburgga köçirildi, şuningdek, nimçorak finalning bir uçraşuvi Dublindan Londonga köçirilgan.
London, Angliya: «Uembli»
(guruh bosqiçida uç öyin, 1/8 finalda ikki öyin, yarim finallar va final)
11 iyun kuni Rimdagi Olimpiko stadionida Turkiya va Italiya örtasida turnirning oçiliş öyini bölib ötadi. A guruhidagi öyinlarning uçtasi Italiyada, yana uçtasi turnirda iştirok etmaydigan Ozarboyjon poytaxti Bokuda ötkaziladi.
B guruhida Rossiya va Daniya mezbonlar hisoblangani uçun qöşimça qur'a orqali ularning özaro uçraşuvi Kopengagenda ötkaziladigan böldi. Guruhdagi uç öyinga Daniya, yana uç öyinga Rossiya mezbon böladi.
S guruhidagi öyinlarning 3tasi Niderlandiya poytaxti Amsterdamda, yana uçta öyin turnirga yöllanma ololmagan Ruminiya poytaxti Buxarestda bölib ötadi.
D guruhidagi öyinlarning uçtasi guruh mezboni bölmiş Angliya poytaxti Londonda, yana uçtasi qöşni Şotlandiya poytaxti Glazgoda bölib ötadi.
Ye guruhida mezbon Ispaniya özi iştirokidagi uç öyinni Madridda qabul qiladi, guruhdagi yana uç öyin Sankt-Peterburgda bölib ötadi.
F guruhida mezbon Germaniya özi iştirokidagi uç öyinni Myunxenda qabul qiladi, yana uç öyin guruhning boşqa bir iştirokçisi bölmiş Vengriya poytaxti Budapeştdagi stadionda ötkaziladi.
Stadionlarda tomoşabinlar kirişiga ruxsat beriladi, Sankt-Peterburg va Bokudagi stadionlar siğimining 50 foizi töldirilişi mumkin. Budapeşt tribunalarni 100 foizga töldirmoqçi, ammo stadionga kirişda qat'iy talablarga amal qilinişi nazorat qilinadi. Amsterdam, Buxarest, Glazgo, Kopenhagen, Rim va Sevilyada stadionlar 25 foizdan 45 foizgaça töldiriladi. London guruh bosqiçi öyinlarida ham, nimçorak final öyinlarida ham stadion siğimining 25 foizidan foydalanadi. Myunxen öyinlarga köpi bilan 14,5 ming tomoşabin kiritmoqçi, bu esa tribunalar siğimining 22 foiziga teng.
Taqvim
Guruh bosqiçi
11 iyun
A guruhi: Turkiya - Italiya (00:00, Rim)
12 iyun
A guruhi: Uels - Şveytsariya (18:00, Boku)
B guruhi: Daniya - Finlandiya (21:00, Kopenhagen)
B guruhi: Belgiya - Rossiya (00:00, Sankt-Peterburg)
13 iyun
D guruhi: Angliya - Xorvatiya (18:00 London)
C guruhi: Avstriya - Şimoliy Makedoniya (21:00, Buxarest)
C guruhi: Niderlandiya - Ukraina (00:00, Amsterdam)
14 iyun
D guruhi: Şotlandiya - Çexiya (18:00, Glazgo)
E guruhi: Polşa - Slovakiya (21:00, Sankt-Peterburg)
E guruhi: Ispaniya - Şvetsiya (00:00, Sevilya)
15 iyun
F guruhi: Vengriya - Portugaliya (21:00, Budapeşt)
F guruhi: Fransiya - Germaniya (00:00, Myunxen)
16 iyun
B guruhi: Finlandiya - Rossiya (18:00, Sankt-Peterburg)
A guruhi: Turkiya - Uels (21:00, Boku)
A guruhi: Italiya - Şveytsariya (00:00, Rim)
17 iyun
C guruhi: Ukraina - Şimoliy Makedoniya (18:00, Buxarest)
B guruhi: Daniya - Belgiya (21:00, Kopenhagen)
C guruhi: Niderlandiya - Avstriya (00:00, Amsterdam)
18 iyun
E guruhi: Şvetsiya - Slovakiya (18:00, Sankt-Peterburg)
D guruhi: Xorvatiya - Çexiya (21:00, Glazgo)
D guruhi: Angliya - Şotlandiya (00:00, London)
19 iyun
F guruhi: Vengriya - Fransiya (18:00, Budapeşt)
F guruhi: Portugaliya - Germaniya (21:00, Myunxen)
E guruhi: Ispaniya - Polşa (00:00, Sevilya)
20 iyun
A guruhi: Italiya - Uels (21:00, Rim)
A guruhi: Şveytsariya - Turkiya (21:00, Boku)
21 iyun
C guruhi: Şimoliy Makedoniya - Niderlandiya (21:00, Amsterdam)
C guruhi: Ukraina - Avstriya (21:00, Buxarest)
B guruhi: Rossiya - Daniya (00:00, Kopenhagen)
B guruhi: Finlandiya - Belgiya (00:00, Sankt-Peterburg)
22 iyun
D guruhi: Çexiya - Angliya (00:00, London)
D guruhi: Xorvatiya - Şotlandiya (00:00, Glazgo)
23 iyun
E guruhi: Slovakiya - Ispaniya (21:00, Sevilya)
E guruhi: Şvetsiya - Polşa (21:00, Sankt-Peterburg)
F guruhi: Germaniya - Vengriya (00:00, Myunxen)
F guruhi: Portugaliya - Fransiya (00:00, Budapeşt))
Guruh bosqiçida har bir jamoa özaro bittadan öyin ötkazadi. Ğalaba uçun 3, durang uçun — 1 oçkodan beriladi, mağlubiyatga — 0.
Pley-offga har bir guruhdan birinçi va ikkinçi örin egalari çiqadi, guruhlarda uçinçi örinlarni egallagan olti jamoadan nisbatan yaxşi natija qayd etgan tört jamoaga ham imkon taqdim etiladi.
Agar ikki yoki undan köp jamoa bir xilda oçko jamğargan bölsa, örinlarni taqsimlaşda quyidagi körsatkiçlarga qaraladi:
Agar guruh bosqiçining sönggi turida bir xilda oçko jamğargan, urilgan va ötkazib yuborilgan gollari soni bir xil bölgan jamoalar uçraşsa va öyin durang hisobda yakunlansa, penaltilar seriyasi ötkaziladi (ikkidan ortiq jamoaning körsatkiçlari bir xil bölganida bu kriteriya qöllanmaydi).
Öz guruhlarida uçinçi bölgan jamoalar orasidan eng yaxşi tört jamoa quyidagi kriteriyalar böyiça ajratib olinadi:
— oçkolar soni;
— töplar nisbati;
— urilgan gollar soni;
— ğalabalar soni;
— intizomiy oçkolar soni kamligi (sariq kartoçka — 1 oçko, qizil kartoçka — 3 oçko, ikki sariq kartoçka bilan çetlatiş — 3 oçko);
Agar pley-off (1/8 final, 1/4 final, 1/2 final, final) öyinining asosiy vaqtida durang hisob qayd etilsa, 15 daqiqadan ikki bölim qöşib beriladi. Agar şunda ham ğolib aniqlanmasa, penaltilar seriyasiga ötiladi.
Tarkiblar va futbolçi almaştirişlar
Har bir jamoa turnir uçun 26 nafardan futbolçini zayavka qilişi mumkin. Turnirga 24 nafar futbolçi bilan yöl olgan Ispaniyadan boşqa barça jamoalar şunday yöl tutdi.
Birinçi öyinga qadar zayavkada oğir jarohatlar va futbolçilarning kasallanişini inobatga olgan holda çeksiz özgarişlar qiliş mumkin.
Zayavka qilingan darvozabonni har öyin oldidan almaştiriş mumkin - u maydonga çiqişga jismonan qodir bölmagan hollarda.
Almaştirilgan futbolçi zayavkaga qaytarilmaydi.
Şu bilan birga, bir öyinga uç darvozabonni qöşib hisoblaganda maksimum 23 futbolçini kiritiş mumkin.
Yevro-2020 turnirida har bir jamoa bir öyinda beş nafargaça futbolçi almaştiriş imkoniyatidan foydalanişi mumkin.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi