Bundan bir neça kun ilgari Sloveniyaning Lyublyana şahridagi novvoyxonalar haqida ma'lumot bergan edim. UzbekLife uçun navbatdagi maqolada mavzudan uzoqlaşmagan holda Yevropada non örtaça qançaga tuşişi töğrisida ma'lumot bermoqçiman.

Daniya. Daniyada yaşaganimizda asosan yonimizdagi Rema supermarketidan bozorlik qilardik. U yerdan biz doim olib yeydigan non 16 krona (taxminan

27 600 söm) edi. Men ham, rafiqam ham köp non yemaymiz. Şu uçun bitta non ikkalamizga odatda 2 kunga yetardi.

Aynan öşa Rema supermarketida 2 kilogramm unning narxi 6,95 krona (taxminan 12 000 söm). Albatta, turiga qarab bundan qimmatroq narxdagi unlar ham bor. Un olib, özingiz non qilib yesangiz, ança arzonga tuşadi.

Sloveniya. Sloveniyada novvoyxonalar juda köp, nonni faqat novvoyxonalardan olardik. Bir neça kun oldin bunday novvoyxonalar haqida ham yozgandim.

Sloveniyadan doim olib yeydigan nonimiz 1,2 yevro (taxminan 14 400 söm) edi. Bu non ham ikkalamizga 2 kunga yetardi.

Şuningdek, yonimizdagi Mercator dökonida 5 kilogramm unning narxi 2,99 yevro (taxminan 38 400 söm) edi. Sloveniyadagi kvartiramizda duxovka bölgani uçun tez-tez un olib turganmiz. Rafiqam duxovkada non, patir kabilarni pişirib turardi. Umuman, Sloveniyada ham un olib, özingiz non qilsangiz, ança arzonga tuşadi.

Italiya. Italiyada un olib körmaganman. Lekin Italiyaga borganimizda bir tanişim bilan non haqida suhbatlaşgandik. U odatda oladigan nonning narxi 2 yevro (taxminan 25 600 söm) ekani, lekin bu nonni bir kunda yeb qöyişi va barakasizligini aytgandi. «Şu uçun un olib, uyda özimiz non qilamiz. Ança barakali. Ham arzon», – degandi u.

Şunday qilib, bizga öxşab kam non yesangiz, Yevropada qaysi davlatda ekaningizga qarab, faqat nonning özi oyiga bir kişi uçun örtaça 9-18 yevroga tuşadi. Un sotib olib, özingiz non qilsangiz, şuning yarim narxi böladi. Balki undan ham arzonroqqa tuşişi mumkin.

Italiyalik tanişimga öxşab köproq non yesangiz, sotib olganingizda oyiga bir kişi uçun örtaça 25-50 yevroga tuşadi (Yevropaning qaysi davlatida ekaningizga qarab). Un olib, özingiz non qilsangiz, 2-3 barobar arzonroq böladi.