Lyublyanadagi novvoyxonalar haqida bilasizmi? (foto)

Foto: UzbekLife
Sloveniyaning Lyublyana ko‘chalarini kezsangiz, deyarli har qadamda novvoyxonalarni (slovencha «pekarna») uchratasiz – ayrimlari kichikkina, ayrimlari ancha katta. UzbekLife obunachilari uchun bugun shu haqda ma'lumot bermoqchiman.
O‘zbekistondagi kabi Sloveniyada ham novvoyxonalarning mijozlari bisyor, ba'zan anchagina navbat kutib qolasiz.
Shunday bo‘lsa-da, poytaxt Lyublyanadagi novvoyxonalarning bir qancha o‘ziga xos tomonlari bor.
Birinchidan, novvoyxonadan deyarli har qanday non mahsulotini topishingiz mumkin: non, bulochka, pitssa, tort va men nomini bilmaydigan boshqa mahsulotlar. Menga eng yoqadigani – mesni burek (go‘shtli burek). Patirga o‘xshash qat-qat bo‘ladi, qatlari ichida go‘sht bor.
Ikkinchidan, mahsulot turi ko‘p bo‘lgani uchun tabiiy ravishda narx ham turlicha. Ayollar yoqtiradigan shirin va qimmat pishiriqlardan tortib, nochor talabalar joniga ora kiruvchi hamyonbop mahsulotlargacha topish mumkin. Masalan, ba'zi bulochkalar 50 sent turadi, ichiga yoki ustiga pishloq surilgan bo‘ladi. To‘yimli va arzon.
Uchinchidan, novvoyxonalar odatda har doim – shanba va yakshanbada ham, hatto barcha do‘kon va restoranlar yopiq bo‘ladigan mamlakat miqyosidagi bayramlarda ham ertalab 5-6dan tungi 12gacha ochiq bo‘ladi. Bizning ham boshdan o‘tgan – Mavlud bayrami munosabati bilan 5 kunlik dam olish paytida Lyublyanaga kelib qolganmiz. Kechki payt birorta ochiq kafe yoki do‘kon topa olmagandik. Novvoyxona jonimizga ora kirgan. Tabiiyki, hamma eshik berk bo‘lganda quchoq ochib kutib oladigan yerlar qadrdon bo‘lib qoladi va bunday joy mijoziga aylanasiz.
To‘rtinchidan, novvoyxonalar maksimal darajada qulay va shinam qilib qurilgan. Masalan, novvoyxona tashqarisi va ba'zan ichkarisida turib yoki o‘tirib yeyish mumkin bo‘lgan stollar va peshtaxtalar o‘rnatilgan. Ayniqsa, sayyoh bo‘lsangiz va shaharni aylanib yursangiz, bunday peshtaxtalar qulayligi yaqqol seziladi. Bulochka yoki go‘shtli burek olib, ko‘chada ko‘tarib yeb yurmaysiz. Shundoq peshtaxtaga joylashib, yeb olasiz. Aytgancha, novvoyxonalar sayyohlarning sevimli tamaddixonalaridan biri.
O‘zbekistonda ham pishiriq sotiladigan joylarning 5-6tasiga kirib ko‘rganman. Lekin mahsulot va narx tanlovi serobligi hamda qulaylik darajasi jihatidan Lyublyanadagi novvoyxonalar anchagina ustun.
Lyublyanada uyimizga eng yaqin bo‘lgan (350 metr) kichik novvoyxona suratlarini quyida tomosha qilishingiz mumkin.
Maqsud Salomov,
UzbekLife kolumnisti
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya va Ukraina bir-biriga dronlar bilan hujum qildi
Jahon | 12:26
-
Toshkentning ayrim hududlarida 4 kun davomida elektr energiyasida uzilishlar kuzatiladi
Jamiyat | 11:56
-
Moped va skuter haydovchilari uchun guvohnoma talab qilish muddati 1 oktyabrgacha uzaytirildi
O‘zbekiston | 11:41
-
Xitoy Buxoroda "aqlli" shahar infratuzilmasini yaratishda qatnashadi
O‘zbekiston | 11:40
Mavzuga oid

14:35 / 15.04.2025
Sloveniya iqtisodiyoti tarmoqlariga o‘zbekistonlik mutaxassislarni jalb etish boshlanadi

13:13 / 25.03.2025
Sloveniya o‘zbekistonlik tibbiyot xodimlarini ishga olmoqchi

09:20 / 22.10.2024
Sloveniyada Ikkinchi jahon urushidan qolgan yirik bomba zararsizlantirildi

09:47 / 02.08.2024