Everest çöqqisiga kötarilgan özbekistonlik alpinist Sergey Denisenko 8 iyun kuni Toşkent xalqaro aeroportida tantanali ravişda kutib olindi. Prezident matbuot xizmatining ma'lum qilişiça, Şavkat Mirziyoyevning tegişli farmoni bilan Sergey Denisenko «Özbekiston iftixori» faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Prezident matbuot xizmati tomonidan e'lon qilingan suratlarda, şuningdek, sportçiga Trailblazer avtomobili ham sovğa qilinganini köriş mumkin.

Sergey Denisenko 1 iyun kuni dunyodagi eng baland çöqqi – 8848 metr balandlikdagi Everest (Jomolungma) çöqqisiga kötarilgan edi.

Himolay toğlariga ukrainalik jamoa bilan çiqqan Sergey Denisenko dunyodagi eng baland çöqqining zabt etilişini Özbekiston mustaqilligining 30 yilligiga bağişlagandi. U çöqqida Özbekiston bayroği va prezident Şavkat Mirziyoyevning portreti bilan suratga tuşgandi.

Denisenko toğning Nepal davlati tomonidagi qismidan yölga çiqib çöqqini zabt etgan ilk özbekistonlik alpinist bölgandi.

Özbekistonliklar Everestni ilk bor 1998 yilda zabt etişgan, 23 yil muqaddam Ilyas Tuxvatullin va Andrey Zaikin çöqqiga kötarilgandi.