Prezident Şavkat Mirziyoyev qişloq xöjaligi, tadbirkorlik va xizmatlarni rivojlantiriş orqali aholi bandligini ta'minlaş, şuningdek çorva, parranda va baliq mahsulotlarini köpaytiriş böyiça vazifalar ijrosiga oid videoselektor yiğilişida parrandaçilik loyihalarini amalga oşirişga 100 million dollar ajratilişini ma'lum qildi.

«Parranda sanoatini qöllab-quvvatlaş böyiça yangi mexanizmlar joriy etiladi. 1 iyuldan berilişi kerak bölgan subsidiya miqdori tuxum uçun 3 baravar (har bir sotilgan tuxumga 150 söm), parranda göşti uçun esa 2 baravar (har bir kilogrammiga 1,5 ming söm) oşirilib, tölovlar 1 iyundan boşlanadi, hisob-kitob qilinadi.

Omuxta yem va parrandaçilik mahsulotlari işlab çiqaruvçilarga aylanma mablağni töldiriş va parrandaçilik loyihalari uçun kreditlarning Markaziy bank asosiy stavkasidan yuqori qismi qoplab beriladi», degan davlat rahbari.

Parrandalarni söyişga möljallangan zamonaviy kompleks loyihalari böyiça xarajatlarning bir qismi kompensatsiya qilinadi.

«Parrandaçilik korxonalari uçun foyda, mol-mulk, yer va suv soliqlari stavkalari 50 foizga kamaytiriladi. Bunday imkoniyat hali biror sohaga ajratmaganmiz. Bu çoralar nima uçun – tovuq göşti va tuxum hajmini keskin oşirib olişimiz kerak.

Parrandaçilik loyihalarini amalga oşirişga Mikrokreditbank mas'ul böladi va unga davlat tomonidan 50 million dollar resurs ajratiladi. Işlar natijasiga qarab, yana 50 million dollar beriladi. Jami 100 mln dollar ajratiladi», deya prezidentning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Şuningdek, prezident Surxondaryoda boşlangan tajriba asosida aholi xonadonlarida parranda (tovuq, kurka, ördak, ğoz) yetiştirişga tuman sektor rahbarlari şaxsan mas'ul bölişini ta'kidlagan.

Çorvaçilik va parrandaçilik ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati qayta taşkil etiladi va qömita jamğarmasidan institutga naslli parrandani olib keliş, zarur jihozlar va uskunalar bilan ta'minlaş uçun 10 milliard söm ajratiladi.