Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda uxlab qolgan haydovchi sodir etgan yo‘l-transport hodisasida yo‘lovchi vafot etdi
Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanidan o‘tgan yo‘lda uxlab qolgan haydovchi sodir etgan yo‘l-transport hodisasida 1 kishi vafot etgan. Bu haqda Kun.uz’ga viloyat IIB YHXB axborot xizmati rahbari Javlon Baxtiyev xabar berdi.
Ma'lum bo‘lishicha, Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani Chorvador qishlog‘i hududida 4P87 «Qarshi-Yettitom» yo‘lining 40-kilometrida yo‘l transport hodisasi yuz bergan. «Kobalt» haydovchisi boshqaruv paytida uxlab qolib, boshqaruvni yo‘qotgan. So‘ng, o‘zidan oldinda harakatlanib ketayotgan «Isuzi» yuk mashinasining ortidan borib urilgan. Oqibatda «Kobalt»da yo‘lovchi sifatida ketayotgan shaxs og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan.
Surishtiruvlarda, «Kobalt» haydovchisi bir sutka davomidan uxlamasdan mashina boshqargani aniqlangan.
Qayd etilishicha, to‘qnashuv oqibatida «Kobalt» mashinasi yaroqsiz holga kelgan. Hozirda ushbu holat bo‘yicha tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
17:18 / 08.06.2026
Qashqadaryodagi portlashda 6 kishi halok bo‘lgan
15:27 / 08.06.2026
Qashqadaryoda gaz quyish shoxobchasida portlash ro‘y berdi
10:33 / 25.05.2026
Qashqadaryoda ikkita Nexia va yuk mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
15:09 / 24.05.2026