Sudyalar oliy kengaşining navbatdagi yiğilişi bölib ötdi. Unda muqobillik asosida nomzodlari körsatilgan 13 nafar sudyani vakolat muddati davriga qayta tayinlaşga oid masala körib çiqildi.

Sudyalar oliy kengaşi matbuot xizmati xabariga köra, yakunda körsatilgan nomzodlarning 8 nafarining iş joyi özgaradigan böldi. 

Ular:

  • Aşurali Toşev jinoyat işlari böyiça Çiroqçi tuman sudining raisi lavozimiga tayinlandi, şu munosabat bilan Qaşqadaryo viloyat sudining jinoyat işlari böyiça sudyasi lavozimidan ozod etildi; 
  • Samarqand viloyat sudining jinoyat işlari böyiça sudyasi Orif Pardayev keyingi beş yil davomida jinoyat işlari böyiça Samarqand şahar sudining raisi sifatida faoliyat körsatadi;
  • jinoyat işlari böyiça Samarqand şahar sudining sudyasi Furqat Rahmonov keçagi sanadan Samarqand viloyat sudining jinoyat işlari böyiça sudyasi sifatida iş boşladi;
  • Namangan viloyati jinoyat işlari böyiça Töraqörğon tuman sudining raisi Zayniddin Törayev jinoyat işlari böyiça Samarqand şahar sudining sudyasi lavozimiga tayinlandi;
  • Abdusalom Mirzayev Surxondaryo viloyat sudining jinoyat işlari böyiça sudyasi lavozimiga tayinlanişi munosabat bilan jinoyat işlari böyiça Sariosiyo tuman sudining raisi lavozimidan ozod etildi;
  • jinoyat işlari böyiça Sariosiyo tuman sudining raisi lavozimiga Vohidjon Norbekov tayinlandi, bungaça u jinoyat işlari böyiça Termiz şahar sudining sudyasi lavozimida işlab kelayotgan edi;
  • jinoyat işlari böyiça Denov tuman sudining sudyasi lavozimida işlab kelgan Abbos Rahmatov faoliyatini jinoyat işlari böyiça Boysun tuman sudining raisi lavozimida davom ettiradi;
  • fuqarolik işlari böyiça Andijon tumanlararo sudining sudyasi Nasibillo Qambarovning ham iş joyi özgardi, endi u - fuqarolik işlari böyiça Böston tumanlararo sudining raisi.

Fuqarolik işlari böyiça Asaka tumanlararo sudi raisi lavozimiga tavsiya etilgan ikki nafar nomzod Kengaş a'zolari tomonidan rad etildi. Endi mazkur lavozim uçun boşqa nomzodlar örganilib, qayta tanlov ötkaziladi.

Kengaş a'zolari yetti nafar sudyani intizomiy javobgarlikka tortiş masalasini ham muhokama etib, uç nafariga nisbatan rad qiliş, tört nafariga nisbatan rozilik beriş töğrisida qaror qabul qildi.