2021 yil 1 iyuldan boşlab Özbekistonda minimal pensiya va nafaqalar miqdori oşiriladigan böldi.
Pensiya jamğarmasi bölim boşliği Farrux Pardayevning Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, bunda turli bandlar kontingentidagi fuqarolar qamrab olingan.
«Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Aholini ijtimoiy qöllab-quvvatlaş tizimini yanada takomillaştirişga qaratilgan qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi farmoni bilan pensiya va nafaqalarning eng kam miqdori oşirilmoqda.
Hujjatda keltirilgan bandlar har birining öz kontingenti bor. Misol uçun, iş staji töliq bölmagan pensiya oluvçilar 900 ming nafarni taşkil etadi. Ular hozirda olayotgan
306 ming 675 söm (un va non kompensatsiyasini inobatga olgan holda) endilikda 400 ming sömga oşiriladi. Şuningdek, 85 ming nafar zarur iş stajiga ega bölmagan keksa yoşdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan tölov miqdori 365 ming sömdan 400 ming sömga yetkazildi. Mazkur özgarişlar umumiy olganda 1 million 951 ming kontingentga ta'sir qiladi», dedi jamğarma vakili.
Qayd etilişiça, boquvçisini yöqotganlarning eng kam pensiya miqdori:
- 1 farzand uçun 306 ming 675 sömdan 452 ming 494 sömga;
- 2 farzand uçun 613 ming 350 sömdan 761 ming 663 sömga;
- 3 farzand uçun 920 ming 25 sömdan 1 million 70 ming 832 sömga oşdi.
Boquvçisini yöqotganlarning nafaqa miqdori esa:
- 1 farzand uçun 306 ming 675 sömdan 400 ming sömga;
- 2 farzand uçun 485 ming 12 sömdan 550 ming sömga;
- 3 farzand uçun 663 ming 350 sömdan 700 ming sömga oşirildi.
Jamğarma ma'lumotlariga köra, 1 aprel holatiga Özbekistonda pensiya va nafaqa oluvçilarning umumiy soni 3 million 877 ming 200 nafarni (jami aholining 11,2 foizi) taşkil qilmoqda.
Bunda aholining:
- 2 million 881 ming 900 nafari (74,3 foiz) yoşga doir pensiya;
- 390,1 ming nafari (10,1 foiz) nogironlik pensiyasi;
- 192,8 ming nafari (5 foiz) boquvçisini yöqotgan pensiya oluvçi oilalar;












