Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan taşqari Pensiya jamğarmasiga davlat budjetidan transfertlar ajratiş 2019 yildan boşlandi. Bungaça taşkilot öz xarajatlarini qoplab kelgan va davlatdan transfert, subsidiya yoki datatsiya kabi yordamlar olinmagan. 2020 yil holatiga jamğarmaga 9,1 trillion söm transfert ajratildi. Xöş, uzoq yillar öz xarajatlarini qoplab kelgan taşkilotga nega endi davlatdan mablağ ajratilmoqda? Avvalgi holat qanday edi va hozir qay tarzda işlanmoqda?

2019 yil 1 yanvargaça jamğarma 4 ta yirik soliq manbaiga ega bölgan

Pensiya jamğarmasining daromad va xarajatlarni prognozlaştiriş bölim boşliği Abror Xolmatovning Kun.uz’ga bildirişiça, 2019 yil 1 yanvarga qadar jamğarma 4 ta yirik soliq manbaiga ega bölgan.

Birinçi navbatda – yagona ijtimoiy tölov. U bugun ham bor, lekin ijtimoiy soliq deb nomlanadi. 2018 yilda yagona ijtimoiy tölov stavkasi 25 foiz, mikrofirma fermer xöjaliklari uçun 15 foiz qilib belgilangan.

Ikkinçidan, fuqarolar iş haqidan uşlab qolinadigan suğurta badallari bölgan. Bu ham töğridan töğri jamğarma mablağlari daromadlari hisobiga şakllangan.

Uçinçidan, korxona va taşkilotlar tomonidan budjetdan taşqari jamğarmalar aylanmasidan tölanadigan majburiy ajratma bölgan. Umumiy korxona ajratmasi 3,2 foiz bölib, Pensiya jamğarmasiga 1,6 foizi ajratilgan.

Törtinçidan, 2019 yil 1 oktyabrga qadar jamğarma yagona soliq tölovi mavjud bölgan. Uning miqdori 5 foiz qilib belgilangan. Korxonalar aylanmasidan 5 foiz jamğarmaga tölab berilgan.

Jamğarma daromadlari qisqariş sabablari haqida

2018 yil 29 iyunda prezident Şavkat Mirziyoyevning «Özbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillaştiriş konsepsiyasi töğrisida»gi farmoni qabul qilindi. Mazkur hujjat bilan Pensiya jamğarmasi daromad manbalari qisqartirildi.

Qarorga asosan, budjet taşkilotlari va davlat korxonalari, ustav jamğarmasida davlat uluşi 50 foiz va undan köproq miqdorda bölgan yuridik şaxslar uçun yagona ijtimoiy tölovni 25 foiz miqdorida, boşqa yuridik şaxslar uçun uşbu tölov stavkasini 15 foizdan 12 foizgaça pasaytiriş